Yuridik fanlar axborotnomasi
Umumiy ma’lumot
О‘zbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari tо‘g‘risida”gi Qonuni, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi PF–5847-son, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “О‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PF–5987-son, 2020-yil 29-oktabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi PF–6097-son farmonlari hamda Toshkent davlat yuridik universiteti ustaviga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi о‘rinlarda – muassis) muassisligida “Yuridik fanlar axborotnomasi – Вестник юридических наук – Review of Law Sciences” ilmiy-amaliy jurnali (keyingi о‘rinlarda – jurnal) tashkil qilingan.
Ommaviy axborot vositasining nomi va turi: “Yuridik fanlar axborotnomasi – Вестник юридических наук – Review of Law Sciences” ilmiy-amaliy huquqiy jurnali.
Jurnal о‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi.
Jurnalning asosiy maqsadi – huquqiy sohada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari, yuridik fanlarga oid nazariy va amaliy masalalarni yoritish, munozarali masalalarni muhokama etish uchun professional maydon yaratish.
Jurnal haqida ma’lumot
-maqolalarni rad etish bo‘yicha ko‘rsatmalarga muvofiqligi;
-tijorat manfaatlari mavjud bo‘lgan taqdirda intellektual va axloqiy me’yorlarga zarar -yetkazilishining oldini olish;
-plagiat va soxta ma’lumotlarning nashr etilishining oldini olish;
-zarur bo‘lganda, tuzatishlar, tushuntirishlar, rad etish va uzrlarni nashr etishga tayyorlik.
-ilmiy tadqiqot natijalarini nashrga tayyorlashda hamda keng miqyosda yoritishda ochiqlik va haqqoniylikni ta’minlash;
-ilmiy va ilmiy-huquqiy jamoatchilik orasida, shuningdek, yosh olimlar va talabalar о‘rtasida jurnalga bо‘lgan doimiy qiziqishni shakllantirish, nashrga bо‘lgan talabni oshirish;
-ilmiy tadqiqot natijalarini tо‘laqonli, sifatli va о‘z vaqtida yoritib borishda ilmiy-muvofiqlashtiruvchi vazifalarni amalga oshirish.