INSON QADR-QIMMATI KONSEPSIYASINING DAVLAT VA HUQUQ TOʻGʻRISIDAGI TAʼLIMOTLARDAGI ASOSIY MASALALARI
Kalit so‘zlar:
inson qadri, huquqiy taʼlimotlar, tabiiy huquq, konstitutsiyaviylik, Sharq mutafakkirlari, Kant falsafasi, inson huquqlari, Oʻzbekiston KonstitutsiyasiAnnotatsiya
Maqolada inson qadri tushunchasining davlat va huquq toʻgʻrisidagi taʼlimotlardagi genezisi hamda evolyutsiyasi qiyosiy-huquqiy nuqtayi nazardan tahlil etiladi. Inson qadri zamonaviy huquq tizimlarining aksiologik poydevori va inson huquqlari konsepsiyasining meʼyoriy oʻzagi hisoblanadi. Biroq uning doktrinal ildizlari koʻpincha faqat Gʻarb falsafiy anʼanasi bilan bogʻlanadi. Tadqiqotning maqsadi qadimgi Sharq, antik davr, oʻrta asrlar Sharq mutafakkirlari hamda Gʻarb siyosiy-huquqiy tafakkuridagi inson qadri konsepsiyalarining vorisiyligi va oʻziga xosligini aniqlash, shu asosda ushbu prinsipning Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasidagi ifodasini asoslashdan iborat. Tadqiqot qiyosiy-huquqiy, tarixiy-huquqiy, germenevtik va sivilizatsiyaviy metodlarga tayanadi. Tahlil natijasida inson qadrining axloqiy-diniy kategoriyadan falsafiy prinsipga, soʻngra universal huquqiy normaga aylanish bosqichlari ochib beriladi hamda “Avesto”, Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib va Alisher Navoiy merosining doktrinal ahamiyati asoslanadi. Maqolaning ilmiy yangiligi shundan iboratki, unda inson qadri gʻoyasi Sharq va Gʻarb siyosiy-huquqiy tafakkurini yagona qiyosiy doirada birlashtirgan holda, huquqiy taʼlimotlar tarixi konteksti nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari huquq ijodkorligi, huquqiy taʼlim va sud amaliyotida inson qadri prinsipini qoʻllashni takomillashtirishga xizmat qiladi. Xulosada milliy huquqiy meros va umuminsoniy standartlar uygʻunligi boʻyicha aniq takliflar ilgari suriladi.



