BMT KORRUPSIYAGA QARSHI KONVENSIYASINING 14- VA 52-MODDALARI: O‘ZBEKISTON UCHUN USTUVOR YO‘NALISHLAR

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

korrupsiya, jinoiy daromadlarni legallashtirish, moliyaviy monitoring, benefitsiar mulkdor, ommaviy mansabdor shaxs, moliyaviy razvedka, ichki nazorat, musodara

Annotatsiya

Mazkur maqolada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi 14 va 52-moddalarining mazmuni, ularning jinoiy daromadlarni legallashtirishning oldini olish, ommaviy mansabdor shaxslar hisobvaraqlarini kuchaytirilgan tekshirish hamda aktivlarni qaytarish tizimidagi o‘rni tahlil qilindi. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning amaldagi institutsional-huquqiy mexanizmlardagi asosiy zaifliklarini aniqlash va xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini joriy etishning asosiy yo‘nalishlarini belgilashdan iborat. Maqolada normativ-dogmatik, qiyosiy-huquqiy, tizimli va hujjatlar kontent-tahlili usullaridan foydalanildi. Konvensiya qoidalari FATF standartlari, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining O‘zbekiston bo‘yicha beshinchi raund monitoring hisoboti hamda Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Latviya, Nigeriya, Singapur, Ukraina, AQSH va Jersi tajribasi bilan taqqoslandi. Natijada benefitsiar mulkdorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish, ommaviy mansabdor shaxslar bo‘yicha kuchaytirilgan choralar, moliyaviy va nomoliyaviy tashkilotlarda ichki nazoratni tashkil etish, yuridik shaxslarning javobgarligiga doir ustuvor yo‘nalishlar belgilandi. Maqolada xorijiy institutlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘chirish emas, balki moliyaviy va nomoliyaviy tashkilotlarda ichki nazorat tizimini takomillashtirish, yuridik shaxslarga nisbatan mutanosib javobgarlik choralarini qo‘llash, samarali moliyaviy razvedka tizimini bosqichma-bosqich joriy etish taklif qilindi. Ushbu yondashuv milliy qonunchilik, ichki nazorat va moliyaviy monitoring amaliyotini uyg‘un rivojlantirishga xizmat qiladi. 

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-10-05

Qanday Iqtibos Keltirish

BMT KORRUPSIYAGA QARSHI KONVENSIYASINING 14- VA 52-MODDALARI: O‘ZBEKISTON UCHUN USTUVOR YO‘NALISHLAR. (2026). YURIDIK FANLAR AXBOROTNOMASI, 10(3), 190-207. https://review.tsul.uz/index.php/yfa/article/view/652