“LEX DIGITALIS” RAQAMLI AKTIVLARNI TARTIBGA SOLISHNING KOLLIZION TAMOYILI SIFATIDA
Kalit so‘zlar:
raqamli aktivlar, blokcheyn, xalqaro xususiy huquq, kollizion huquq, lex digitalis, lex rei sitae, smart contracts, UNIDROIT tamoyillari, qoʻllanadigan huquq, desentralizatsiyaAnnotatsiya
Mazkur maqolada raqamli aktivlarning transchegaraviy muomalasi sharoitida yuzaga kelayotgan kollizion-huquqiy muammolar tahlil qilingan. Blokcheyn texnologiyasining markazlashmagan tabiati, raqamli aktivlarning anʼanaviy hududiy bogʻliqlikka ega emasligi hamda ularning virtual muhitda muomalada boʻlishi klassik mulk joylashgan joy qonuni – lex rei sitae tamoyilining samaradorligini cheklab qoʻymoqda. Muallif xalqaro xususiy huquqning mavjud bogʻlovchi omillari – ashyo/mulk joylashgan joy qonuni (lex situs), yashash joyi qonuni (lex domicilii), bitim/shartnoma qonuni (lex contractus) va taraflar muxtoriyati (party autonomy) yondashuvlarining raqamli aktivlarga nisbatan qoʻllanish imkoniyatlarini qiyosiy-huquqiy tahlil qilgan. Maqolada “lex digitalis” konsepsiyasi raqamli aktivlarni tartibga solishda yangi kollizion tamoyil sifatida nazariy jihatdan asoslangan. Ushbu konsepsiya blokcheyn protokoli qoidalari, “smart contract” arxitekturasi, tarmoq boshqaruvi va raqamli platformalar shakllantirayotgan transmilliy normativ muhitni hisobga oluvchi funksional bogʻlovchi omil sifatida talqin etilgan. Shuningdek, Xususiy huquqni unifikatsiya qilish xalqaro instituti (UNIDROIT)ning Raqamli aktivlar va xususiy huquq boʻyicha tamoyillarida, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Singapur tajribasi asosida raqamli aktivlar uchun qoʻllanadigan huquqni aniqlashning zamonaviy modellari tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida klassik territorial kollizion yondashuvlar markazlashmagan raqamli iqtisodiyot sharoitida yetarli emasligi asoslantirilgan hamda raqamli aktivlarga nisbatan qoʻllanadigan huquqni aniqlashda raqamli qonun (lex digitalis) asosidagi koʻp omilli funksional modelni qoʻllash taklif etilgan. Xulosada muallif Oʻzbekiston xalqaro xususiy huquq qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-amaliy tavsiyalarini ishlab chiqqan.



