KONSTITUTSIYANING TO‘G‘RIDAN TO‘G‘RI AMAL QILISHINI TA’MINLASHNING AYRIM NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

Konstitutsiya, Konstitutsiyaning ustunligi, konstitutsiyaviy normalar, Konstitutsiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishi, Konstitutsiya normalarini amalga oshirish, Konstitutsiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qilish mexanizmi, konstitutsiyaviy normalarni aniqlashtirish

Annotatsiya

Maqolada Konstitutsiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishi instituti va uni ta’minlash mexanizmini tushunishga doir nazariy, metodologik hamda amaliy yondashuvlar ko‘rib chiqilgan. Tuzilmaviy-mantiqiy, tizimli-tuzilmaviy, qiyosiy-huquqiy va tavsifiy metodlar asosida konstitutsiyaviy normalarning to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilish mohiyati, yuridik tabiati va tartibga solish salohiyati ochib berilgan. Mazkur institutning Konstitutsiya ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniylikni mustahkamlash hamda huquqiy davlatning barqaror rivojlanishidagi ahamiyati asoslab berilgan. Konstitutsiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishi bir vaqtning o‘zida huquqiy tartibga solish prinsipi, metodi va alohida rejimi sifatida tadqiq etilgan. Konstitutsiyaviy normalarning formal, bilvosita, cheklangan, to‘g‘ridan to‘g‘ri va haqiqiy (“jonli”) amal qilish modellari ajratilib, ularning asosiy afzalliklari va kamchiliklari ko‘rib chiqilgan. “Konstitutsiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishi” tushunchasiga mualliflik ta’rifi berilib, uning qonunchilik, sud va boshqa huquqni qo‘llash amaliyotida ro‘yobga chiqarilish belgilari, mezonlari hamda shartlari aniqlangan. Konstitutsiyaviy normalarning to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishi va qonunchilikda konkretlashtirilishi o‘rtasidagi nisbatga, ularning amal qilishi va amalga oshirilishi tushunchalarini farqlashga, shuningdek, sudlar hamda konstitutsiyaviy odil sudlov organlarining roliga alohida e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalarini bevosita qo‘llashning asosiy muammolari aniqlanib, qonunchilikni takomillashtirish, yakka tartibdagi konstitutsiyaviy shikoyat institutini rivojlantirish, qonun loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash va Konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish kodeksini qabul qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-10-05

Qanday Iqtibos Keltirish

KONSTITUTSIYANING TO‘G‘RIDAN TO‘G‘RI AMAL QILISHINI TA’MINLASHNING AYRIM NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI. (2026). YURIDIK FANLAR AXBOROTNOMASI, 10(3), 36-49. https://review.tsul.uz/index.php/yfa/article/view/639