RAQAMLI IQTISODIYOT VA KRIPTO-INVESTITSIYALAR DOIRASIDA INVESTITSIYA ARBITRAJINING KELAJAGI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

kripto-aktivlar, raqamli iqtisodiyot, investitsiya arbitraji, ICSID, investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisidagi ikki tomonlama bitimlar (BIT), Salini testi, blokcheyn, raqamli investitsiyalar, nizolarni hal etish, texno-huquqiy arbitraj

Annotatsiya

Raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi hamda kripto-aktivlar kapitallashuvining oʻsishi anʼanaviy xalqaro investitsiya huquqi va blokcheyn texnologiyasiga asoslangan moliyaviy munosabatlar oʻrtasidagi tizimli nomuvofiqlikni yuzaga keltirdi. Ushbu maqolada kriptovalyutalar, tokenlar va steyblkoinlar kabi kripto-aktivlar xalqaro investitsiya arbitraji maqsadlarida “investitsiya” sifatida tasniflanishi mumkinligi oʻrganilgan. Shuningdek, investorlarning bunday aktivlarni amaldagi investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisidagi ikki tomonlama bitimlar (BIT) hamda Investitsiya nizolarini hal etish boʻyicha xalqaro markaz (ICSID) konvensiyasi doirasida himoya qilishga urinishida yuzaga keladigan asosiy huquqiy muammolar tahlil qilingan. Doktrinal, qiyosiy va sud amaliyoti metodologiyasi asosida olib borilgan tadqiqotda kripto-aktivlarning milliy huquq tizimlaridagi huquqiy tasnifi, Pul yuvishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruh (FATF), Qimmatli qogʻozlar boʻyicha komissiyalarning xalqaro tashkiloti (IOSCO), Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD), Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (IMF) hamda BMTning Savdo va taraqqiyot boʻyicha konferensiyasi (UNCTAD) tomonidan ishlab chiqilgan yumshoq huquq – “soft law” standartlari, shuningdek, tokenlarga asoslangan investitsiyalarga Salini mezonlarini qoʻllash imkoniyatlari koʻrib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, yagona xalqaro huquqiy tartibga solish mexanizmining yoʻqligi hamda “investitsiya” tushunchasining xalqaro investitsiya shartnomalarida tor doirada belgilanishi yoki yetarlicha moslashtirilmagani kripto-investorlarni, ayniqsa, hududiy bogʻliqlik, yurisdiksiya va dalillarni baholash masalalarida arbitraj himoyasidan ishonchli foydalanish imkoniyatidan mahrum qilishi mumkin. Maqolada ikki tomonlama investitsiya bitimlaridagi investitsiya taʼriflarini zamonaviylashtirish, investitsiya shartnomalariga raqamli aktivlarga oid qoidalarni kiritish hamda blokcheyn asosidagi dalillar va onlayn nizolarni hal etish mexanizmlariga tayanuvchi “texno-huquqiy” arbitraj modelini ishlab chiqish zarurligi asoslab berilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston investitsiya qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-10-05

Qanday Iqtibos Keltirish

RAQAMLI IQTISODIYOT VA KRIPTO-INVESTITSIYALAR DOIRASIDA INVESTITSIYA ARBITRAJINING KELAJAGI. (2026). YURIDIK FANLAR AXBOROTNOMASI, 10(3), 115-124. https://review.tsul.uz/index.php/yfa/article/view/645