INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILUVCHI NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARINING MAQSADI, VAZIFALARI HAMDA FAOLIYAT YO‘NALISHLARI (TASHKILOTLAR MISOLIDA)
Kalit so‘zlar:
inson huquqlarini himoya qiluvchi nodavlat notijorat tashkiloti, xalqaro tashkilot, “Oydin Nur”, USAID, BMT, inklyuziv rivojlanish, Yoshlar ittifoqi, “Kelajak ovozi”, O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Ishonch va hayot”Annotatsiya
Ushbu maqolada inson huquqlarini himoya qilish tizimida nodavlat notijorat tashkilotlarining ahamiyati va faoliyat yo‘nalishlari tahlil qilingan. Qolaversa, maqolada inson huquqlarini himoya qiluvchi nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyat yo‘nalishlari bir nechta guruhlarga ajratildi va ular haqida alohida misollar keltirildi. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan inson huquqlarini himoya qiluvchi nodavlat notijorat tashkilotlari misolida ularning asosiy maqsad va vazifalari, huquqiy asoslari hamda jamiyatdagi ijtimoiy funksiyalari yoritilgan. Xususan, ayollar, yoshlar, bolalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar hamda OIV/OITS bilan yashovchi shaxslar huquqlarini himoya qilishga ixtisoslashgan tashkilotlar faoliyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada nodavlat notijorat tashkilotlarining fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish va davlat organlari bilan hamkorlikni mustahkamlashdagi roli ochib berilgan. Tadqiqot davomida normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro konvensiyalar hamda amaliy misollar asosida tahlil olib borilgan. Shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish tizimida nodavlat notijorat tashkilotlarining ahamiyatini oshirish, faolligini yanada kuchaytirish yuzasidan bir qancha takliflar ishlab chiqilgan. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, nodavlat notijorat tashkilotlari inson huquqlarini ta’minlashda muhim institut sifatida jamiyat barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.



