TURKMANISTONNING DOIMIY BETARAFLIK MAQOMINING KENG MIQYOSDA E’TIROF ETILISHI VA SHAKLLANISHINING HUQUQIY ASOSLARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

Turkmanistonning doimiy betarafligi, Qo‘shilmaslik harakati, Islomobod deklaratsiyasi, yakuniy hujjat, huquqiy asos, xalqaro e’tirof, qiyosiy tahlil

Annotatsiya

Maqolada Turkmanistonning doimiy betarafligini xalqaro-huquqiy e’tirof etishning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Mazkur maqomning huquqiy asoslarini shakllantirish va uning xalqaro miqyosdagi legitimligini mustahkamlashda xalqaro tashkilotlarning roli tahlil qilinadi. Turkmanistonning doimiy betarafligi davlat ichki va tashqi siyosatining davomi sifatida, uning xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilishi esa xalqaro huquq rivojiga qo‘shilgan hissa sifatida tavsiflanadi. Maqolada, shuningdek, 1995-yil 14–15-mart kunlari Islomobod shahri (Pokiston Islom Respublikasi)da bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotining uchinchi oliy darajadagi uchrashuvida qabul qilingan Islomobod deklaratsiyasining 12-bandi hamda Qo‘shilmaslik harakati davlat va hukumat rahbarlarining XI konferensiyasi Yakuniy hujjatining Turkmanistonning doimiy betarafligiga bag‘ishlangan 176-bandi qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, Turkmanistonning doimiy betarafligini xalqaro miqyosda e’tirof etishga doir yondashuvlarning o‘ziga xos jihatlari, o‘xshash va farqli tomonlari aniqlanadi. Uning huquqiy tabiati, shakllanish tarixi va xalqaro miqyosda e’tirof etilishini yanada chuqur o‘rganish zarurati asoslab beriladi. Ushbu masalaning yuridik fanni rivojlantirish va xalqaro huquq sohasidagi huquq ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishdagi ahamiyati ta’kidlanadi.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-10-05

Qanday Iqtibos Keltirish

TURKMANISTONNING DOIMIY BETARAFLIK MAQOMINING KENG MIQYOSDA E’TIROF ETILISHI VA SHAKLLANISHINING HUQUQIY ASOSLARI. (2026). YURIDIK FANLAR AXBOROTNOMASI, 10(3), 174-182. https://review.tsul.uz/index.php/yfa/article/view/650