ZAMONAVIY DAVLAT BOSHQARUVIDA YANGI ISLOHOTLAR VA FUQAROLAR BILAN RAQAMLI MULOQOT MODELLARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

ijtimoiy profilaktika, “mahalla yettiligi”, kriminologik pasport, differensial yondashuv, mahalla byudjeti, raqamli nazorat, “qizil” toifa, institutsional masʼuliyat

Annotatsiya

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida mahalla darajasida xavfsiz muhitni yaratish, kriminogen omillarni barvaqt aniqlash va ijtimoiy profilaktikaning mutlaqo yangi institutsional mexanizmlari tahlil qilindi. Tadqiqot doirasida davlat rahbarining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-sonli qarori asosida joriy etilgan “mahalla – tuman – viloyat” uch bosqichli vertikal boshqaruv tizimi, masʼul rahbarlarni differensial yondashuv asosida nomma-nom biriktirish tartibi hamda “Ijtimoiy profilaktika haftaligi”ning huquqiy-tashkiliy asoslari chuqur oʻrganildi. Maqolada “Ahmad Yassaviy” mahalla fuqarolar yigʻinining empirik va demografik maʼlumotlari tizimli tahlil qilinib, hududlarni kriminologik toifalashdagi nomuvofiqliklar, mahalla byudjetini shakllantirish muammolari koʻrib chiqildi. Ayniqsa, raqamli texnologiyalar asrida sunʼiy intellekt algoritmlaridan foydalangan holda hududdagi huquqbuzarliklar xavfini prognozlash va “E-ijtimoiy profilaktika” tizimi imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ilmiy jihatdan asoslab berildi. Jamiyatda barqaror ijtimoiy muhitni taʼminlash va huquqbuzarliklar profilaktikasini raqamli transformatsiya qilish maqsadida, “mahalla yettiligi” faoliyatini toʻliq raqamlashtirish uchun takliflar ishlab chiqildi. Mazkur takliflar turli idoraviy maʼlumotlar bazalarining oʻzaro integratsiyasini taʼminlash hamda neyron tarmoqlar algoritmlariga asoslangan raqamli platformalarni yaratishni nazarda tutadi. Tizim subyektiv omillardan xoli boʻlgan holda aholining ijtimoiy statusini avtomatik tarzda tahlil qiladi va yuqori xavf toifasiga mansub guruhlarni stratifikatsiyalaydi (toifalarga ajratadi). Natijada subyektiv baholash mezonlari bartaraf etilib, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini rejalashtirish va monitoring qilishning ilmiy asoslangan, preventiv modeli shakllantirildi.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-10-05

Qanday Iqtibos Keltirish

ZAMONAVIY DAVLAT BOSHQARUVIDA YANGI ISLOHOTLAR VA FUQAROLAR BILAN RAQAMLI MULOQOT MODELLARI. (2026). YURIDIK FANLAR AXBOROTNOMASI, 10(3), 217-225. https://review.tsul.uz/index.php/yfa/article/view/654