XALQARO TEMIRYO‘L HUQUQINING ZAMONAVIY RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: COTIF VA SMGS TIZIMLARINING QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI
Kalit so‘zlar:
xalqaro temiryo‘l huquqi, COTIF, SMGS, Xalqaro temiryo‘l tashuvlari bo‘yicha hukumatlararo tashkilot (OTIF), Temiryo‘llar hamkorligi tashkiloti (OSJD), yagona CIM/SMGS temiryo‘l yuk xati, xalqaro yuk tashish, transport huquqi, xalqaro shartnomalarAnnotatsiya
Mazkur maqolada xalqaro temiryo‘l huquqining shakllanishi va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari Xalqaro temiryo‘l tashuvlari to‘g‘risidagi konvensiya (COTIF) va Xalqaro temiryo‘l orqali yuk tashish to‘g‘risidagi bitim (SMGS) tizimlari misolida qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi ushbu xalqaro-huquqiy tizimlarning tarixiy shakllanishi, huquqiy tabiati, o‘ziga xos xususiyatlari hamda ularning o‘zaro funksional uyg‘unlashuvi, shuningdek, xalqaro temiryo‘l tashuvlarini tartibga solishdagi ahamiyatini aniqlashdan iborat. Tadqiqot davomida tarixiy-huquqiy, qiyosiy-huquqiy, formal-yuridik, tizimli hamda mantiqiy tahlil metodlaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, xalqaro temiryo‘l tashuvlarini tartibga soluvchi mustaqil huquqiy tizimlar bo‘lishiga qaramay, zamonaviy transport-logistika jarayonlari ta’sirida COTIF va SMGSning o‘zaro uyg‘unlashuvi tobora kuchayib bormoqda. Maqola yakunida bu uyg‘unlashuv O‘zbekistonning xalqaro transport koridorlaridagi ishtirokini kengaytirish, tranzit salohiyatini oshirish, milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga yaqinlashtirishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligi asoslandi. Ushbu tadqiqot mintaqaviy transport hamkorligini rivojlantirish hamda O‘zbekistonning xalqaro transport-logistika tizimidagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiluvchi huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish yuzasidan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishda metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.



