Yuridik fanlar axborotnomasi 3 / 2022

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Toshqulov Jo‘raboy

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq Instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor

Annotatsiya
Maqolada davlat va din munosabatlarining mazmun-mohiyati Аmerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya Federativ Respublikasi, Polsha Respublikasi, Fransiya Respublikasi, Turkiya Respublikasi, Yaponiya, Estoniya Respublikasi, Chexiya Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyalariga muvofiq tahlil qilinadi; vijdon erkinligining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari, ular uchun xos bo‘lgan umumiylik, o‘xshashlik va o‘ziga xosliklar dunyoviylik, ilmiylik va qiyoslash usullaridan foydalangan holda o‘rganilgan, tegishli xulosalar chiqarilgan, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ilmiy-tadqiqot ishlari yo‘nalishlari haqida taklif-tavsiyalar bildirilgan…

Abdullayeva Maftuna Murot qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada sud hokimiyati mustaqilligi yuridik kategoriyasini keng qamrab olgan holda, uning asosiy jihatlari va chegaralari sud hokimiyatini tashkil etishning turli darajalari bilan bog‘liq holda yoritilgan. Sud hokimiyati mustaqilligi tuzilmaviy jihatdan murakkab va ko‘p qirrali hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Bu sud hokimiyati fenomenining o‘z murakkabligi bilan aloqador. Maqolada, shuningdek, sud hokimiyati mustaqilligi uning tashkil etilishining har bir darajasiga bog‘liq holda o‘rganilib, uning jihatlari, uni amalga oshirishning konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlari tahlil etilgan…

Xo‘jayev Shohjahon Akmaljon o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti Intellektual mulk huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Bugungi kunda dunyo aholisining 67 %, o‘zbekistonliklarning qariyb 80 % Internet, xususan, ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanadi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali turli huquqiy munosabatlar vujudga kelmoqda – elektron tijorat, axborot almashish va h.k. Afsuski, inson huquq va erkinliklarining buzilish holatlari ham kuzatilmoqda. Ushbu maqolada virtual munosabatlar hamda ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solishga oid xalqaro va milliy qonunchilik normalari tanqidiy tahlil qilindi. Maqolaning asosiy maqsadi ilg‘or standartlarni hisobga olgan holda, qonunchilikni takomillashtirishdan iborat…

Xursanov Rustam Xolmuratovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi

Annotatsiya
Bugungi kunda ijtimoiy hayot, iqtisodiy munosabatlarni telekommunikatsiyalarsiz tasavvur qilish qiyin. Operator yoki provayderlar tomonidan taqdim etiladigan mazkur xizmat esa foydalanuvchi yoki abonent bilan tuzilgan shartnoma asosida taqdim etiladi. Telekommunikatsiya xizmatlarining rivojlanishi va taraqqiyoti esa istiqbolda ushbu xizmatning maishiy tusdagi xizmat turidan biriga aylanishiga olib kelishi mumkin. O‘zbekistonda telekommunikatsiya xizmatlarini esa…

Rajabov Nariman Sharifbayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Ekologiya huquqi kafedrasi professori vazifasini bajaruvchi, yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya
Maqolada atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida raqamlashtirishning ayrim masalalari, xususan, atrof-muhitni tartibga solishni amalga oshirish, ekologik standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash, shuningdek, ularga rioya etilishini ta’minlash maxsus vakolatli davlat organlarining faoliyati sifatida muhokama qilinadi. Raqamlashtirish sohasini yanada takomillashtirishning dolzarb huquqiy masalalari, jumladan, atrof-muhitni tartibga solish sohasidagi muammolar va ularni hal etish yo‘llari tahlil qilinadi…

Islomov Bunyod Ochilovich

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi mustaqil izlanuvchisi, “KDB Bank O‘zbekiston” AJ bosh yuriskonsulti

Annotatsiya
Ushbu maqolada Slovakiya Respublikasi jinoyat qonunchiligida jazoni yengillashtiruvchi va qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlarni hisobga olish masalalari qiyosiy tahlil qilingan. Bu borada Slovakiyaning 2005-yil 20-mayda qabul qilinib, 2006-yil 1-yanvar sanasidan kuchga kirgan Jinoyat kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilinib, 1995-yil 1-aprel sanasidan kuchga kirgan…

Murodov Baxtiyorjon Bahodirovich

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Dastlabki tergov va kriminalistika kafedrasi boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor

Xushvaktova Nodira Akramovna

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti doktoranti

Annotatsiya
Maqola jamiyatimizda kundan-kunga tobora xavf tug‘dirayotgan va huquqni muhofaza qiluvchi organlar amaliyoti uchun nisbatan yangi hisoblangan axborot texnologiyalari sohasida sodir etiladigan jinoyatlarni tergov qilish masalalariga bag‘ishlangan. Mazkur maqolada bevosita shu turdagi jinoyatlarning o‘sish dinamikasi va bugungi kundagi statistikasi, tergov qilinayotgan jinoyatlarning fosh etilish ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlil qilingan…

Sabirbayeva Aynura Baxit qizi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi o‘qituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Maqolada kiberfiribgarlikni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni so‘roq qilishning taktik xususiyatlari o‘rganilgan, shuningdek, fishing hujumlarida gumon qilinuvchilarga berilishi kerak bo‘lgan savollarning taxminiy ro‘yxati ishlab chiqilgan. Maqolada fishing hujumlarining turlari, shuningdek, uni sodir etishning eng xavfli usullari keltirilgan…

Mahmudov Sunnat Azim oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi oʻqituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada sud-huquq islohotlarini amalga oshirish bosqichida jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilik normalari asosida jinoyat ishini tugatish instituti tushunchasi, uning oʻziga xos jihatlari va jinoyat ishini tugatish asoslarining tasnifi tahlil etilgan. Maqolada olimlar tomonidan jinoyat ishini tugatish institutini tasniflash asoslari boʻyicha ilgari surilgan qarashlar orqali ushbu institutning qoʻllanish doirasi oʻrganildi…

Abdullayev Diyor Ibodillayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti kadrlar bo‘limi bosh mutaxassisi, mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Mamlakatimizda sud-huquq islohotlarini amalga oshirish jarayonida jinoyat-protsessual qonunchilikni liberallashtirish hamda takomillashtirish ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Aksariyat huquqshunos olimlar tomonidan uy qamog‘iga zamonaviy jinoiy siyosat va jinoiy odil sudlovni insonparvarlashtirish vositasi sifatida qaraladi. Milliy qonunchiligimizga ko‘ra, uy qamog‘i boshqa ehtiyot choralariga nisbatan yangi huquqiy institutdir…

Sayfullayev Bahodir Bahromovich

IIV Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi, leytenant

Annotatsiya
Mazkur maqolada aqli noraso yoki ruhiyati vaqtinchalik buzilgan shaxslar tomonidan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilganda yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgandan so‘ng ruhiyati vaqtinchalik buzilgan shaxslarning surishtiruv hamda dastlabki tergov jarayonida protsessual maqomi bilan bog‘liq qonun va amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar o‘rganilgan…

Gafurov Mavlon Kuchkarovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil tadqiqotchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada jinoyat ishlari bo‘yicha isbot qilishni amalga oshirishda himoyachining tutgan o‘rni va ahamiyati, mazkur masalani tartibga solish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari tarixi hamda olimlarning fikrlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlaridagi huquqiy bo‘shliqlar, amaliyotdagi muammolar tahlil qilingan. Jumladan, O‘zbekiston SSR Jinoyat-protsessual kodeksida ayblanuvchining himoyachiga ega bo‘lish huquqi ko‘rsatilmagan…

Valijonov Daler Dilshodovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi dotsenti v.b., yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikning xalqaro huquqiy asoslari tizimli tahlil qilingan. Maqolada muallif transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xalqaro hamkorligi masalasining nazariy jihatlarini yoritishga harakat qilgan. Shuningdek, bugungi kunda dolzarb hisoblangan “xalqaro jinoiy guruh” va “xalqaro jinoiy hamjamiyat” tushunchalarining mazmuni va mohiyati tahlil qilingan…