REABILITATSIYA ASOSLARIGA KO‘RA JINOYAT ISHINI TUGATISHNING AYRIM JIHATLARI

Maxmudov Sunnat Azim o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada sud-huquq islohotlarini amalga oshirish bosqichida jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilik normalari asosida jinoyat ishini reabilitatsiya asoslariga ko‘ra tugatishning o‘ziga xos jihatlari hamda ushbu asoslarga ko‘ra ishni tugatishda yuzaga keladigan ayrim muammolar tahlil etilgan. Maqolada olimlarning jinoyat ishini reabilitatsiya asoslari bo‘yicha tugatishda ilgari surgan qarashlari orqali ushbu institutning qo‘llanish doirasi o‘rganildi. Olimlarning qarashlari va ilgari surgan g‘oyalaridan kelib chiqqan holda, jinoyat ishini reabilitatsiya asoslariga ko‘ra tugatish ilmiy, nazariy, amaliy va qonunchilik normalari orqali tahlil etildi. Shuningdek, maqolada reabilitatsiya asoslariga ko‘ra jinoyat ishini tugatishning surishtiruv va dastlabki tergovni tamomlashdagi o‘rni va ahamiyati, uning o‘ziga xos jihatlari, jinoyat protsessual qonunchilik va sud-tergov amaliyotida yuzaga kelayotgan ayrim muammolar tahlil etildi. Maqolada olimlarning reabilitatsiya asoslariga ko‘ra jinoyat ishini tugatish asoslari bo‘yicha bergan fikrlarini qiyosiy tahlil qilish, ularning bergan ta’riflaridagi tushunchalarni qonunchiligimizga asosan ko‘rib chiqish orqali jinoyat ishini tugatish asoslari turli mezonlar asosida alohida tasniflandi. Tahlil natijalari yuzasidan, jinoyat protsessida reabilitatsiya asoslari bo‘yicha jinoyat ishini tugatish institutini takomillashtirish yuzasidan tegishli xulosalar, taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Kalit so'zlar
javobgarlik, jinoyat ishini tugatish, jinoyat ishini tugatish mezonlari, reabilitatsiya, reabilitatsiya qilinmaydigan asoslar, jinoyat tarkibi, javobgarlikka tortish muddati, yarashuv.