O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYAVIY SUD SUDYALARI MUSTAQILLIGINI TA’MINLASH MUAMMOLARI

Abdullayeva Maftuna Murot qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada sud hokimiyati mustaqilligi yuridik kategoriyasini keng qamrab olgan holda, uning asosiy jihatlari va chegaralari sud hokimiyatini tashkil etishning turli darajalari bilan bog‘liq holda yoritilgan. Sud hokimiyati mustaqilligi tuzilmaviy jihatdan murakkab va ko‘p qirrali hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Bu sud hokimiyati fenomenining o‘z murakkabligi bilan aloqador. Maqolada, shuningdek, sud hokimiyati mustaqilligi uning tashkil etilishining har bir darajasiga bog‘liq holda o‘rganilib, uning jihatlari, uni amalga oshirishning konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlari tahlil etilgan. Konstitutsiyaviy sudning huquqiy pozitsiyasiga alohida e’tibor berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining mustaqilligi uni shakllantirish tartibi, tarkibi, vakolatlari bevosita Konstitutsiyada belgilab qo‘yilganligi bilan ta’minlanadi. “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunda konstitutsiyaviy sudlov mustaqilligining Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan kafolatlari sifatida konstitutsiyaviy sudni shakllantirish va uning faoliyati, saylash (tayinlash) tartibi uning prinsiplarida, sudyalar, ularning vakolat muddati, sudning huquqiy, ma’muriy va moliyaviy mustaqilligi, daxlsizligi va sudyalarni javobgarlikka tortishning alohida tartibi, ularni moddiy ta’minlash belgilangan. Konstitutsiyaviy sud sudyalarining huquqiy holatini tartibga solishning to‘liq emasligi ular mustaqilligi kafolatlarining izchil va samarali tizimi mavjudligi haqida gapirishga imkon bermaydi. Ushbu muammoning mumkin bo‘lgan yechimlari taklif etiladi.
Kalit so'zlar
huquq ustuvorligi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, sudyalar maqomi, sudyalarning mustaqilligi, sudyalar mustaqilligi kafolatlari.
Iqtibos uchun
For citation: