Yuridik fanlar axborotnomasi 1-son 2024

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Ismailov Bekjon Salixovich

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Huquqiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi

Annotatsiya
Fuqarolik jamiyati inklyuziv mazmun-mohiyat kasb etar ekan, bu jarayonda alohida ehtiyojli shaxslarning ham oʻziga xos faolligi kuzatilmoqda. Ularga yaratib berilayotgan imtiyozlar mana shu faollikka zamin yaratmoqda. Nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlari, erkinliklari va ularning qonu­niy manfaatlari taʼminlanishi bu toifa shaxslar uchun taʼlim olish, mehnat qilish huquqlarini, ijtimoiy himoya sohalaridagi imtiyozlardan foydalanishlarida keng koʻlamli imkoniyatlarni taqdim etadi. Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish masalasi nafaqat Oʻzbekiston miqyosida, balki jahon darajasida ham jiddiy masala hisoblanadi. Shu bois bu borada ham koʻplab imtiyozlar joriy etilgan. …

Hoshimxonov Ahrorxon Muminovich

Toshkent davlat yuridik universiteti birinchi prorektori, professor v.b., yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vazirlar Mahkamasi bilan o‘zaro aloqalaridagi huquqiy jihatlar yangi tahrirdagi konstitutsiya moddalari asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat hokimiyati tizimida tutgan o‘rni va roli konstitutsiya qoidalari asnosida ochib beriladi. Hokimiyat vakolatlari taqsimlanishi prinsipiga ko‘ra, davlat rahbarining qanday maqomda turishiga oid xorijlik olimlarning nazariy-ilmiy fikr va mulohazalari o‘rganilib, bosh qomus asosida davlat rahbarining hokimiyat tarmoqlari tizimidagi muhim vazifalari ko‘rsatib beriladi. …

Ergashev Ikrom Abdurasulovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi professori v.b., yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Ushbu maqolada soliq intizomini taʼminlashda davlat soliq xizmati organlari ishtirokining ilmiy va konseptual asoslari tizimli tahlil qilingan. Hozirga qadar bu savollar yuridik jihatdan chuqur tadqiq qilinmagan. Unda soliq intizomini taʼminlashda davlat soliq xizmati organlari ishtirokining samaradorligini oshirishning zamonaviy yoʻnalishi va yangi gʻoyasi taklif etilgan. Soliq intizomini taʼminlashda davlat soliq xizmati organlari ishtiroki masalalari yuzasidan milliy soliq huquqi doirasida chuqur ilmiy izlanishlar bugungi kunda mavjud boʻlmagani hamda ushbu ilmiy maqolada aks ettirilgan fikrlar ilmiy qarashlar sifatida oʻrin olganini hisobga olib, ushbu tadqiqot ishida asosan qiyosiy-huquqiy tahlil metodidan foydalanildi. …

Maxmudov Firuz Baxtiyor oʻgʻli

Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazi direktori oʻrinbosari, Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi dotsenti yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy davlat boshqaruvi va davlat fuqarolik xizmatining nazariy-huquqiy jihatlari ilmiy manbalar, doktrinal qarashlar, yangi yondashuv, nazariya hamda konsepsiyalar asosida tahlil qilingan. Milliy shakllangan amaliyot va xorijiy tajriba asosida sohadagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish boʻyicha ilmiy yondashuv va chora-tadbirlar muallif tomonidan oʻrganilgan. Zamonaviy davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish boʻyicha mamlakatda olib borilgan maʼmuriy islohotlar tahlil qilinib, bu boradagi huquqiy norma va qonunchilik asoslari ilmiy-huquqiy jihatdan muhokama qilingan. Zamonaviy davlat boshqaruvini samarali amalga oshirishda davlat fuqarolik xizmatining oʻrni va ahamiyati asoslab berilgan. …

Nurullayev Shoxrux Shuxratillayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti

Annotatsiya
Ushbu maqolada qurilish sohasida atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilishda yuridik javobgarlik va uni takomillashtirish masalalari yoritilgan. Mavzuning dolzarbligi, sohadagi tegishli kamchiliklar, muammolar hamda rivojlangan davlatlarning mazkur sohada qoʻllaydigan amaliyoti tahlil qilingan. Maqola soʻngida mazkur sohani rivojlantirish, jumladan, qurilish sohasida ekologik meʼyorlarni kuchaytirish, ushbu sohada komplaensni taʼminlash uchun tegishli takliflar berilgan. Mavzuni oʻrganish jarayonida mavjud qonunchilik bazasi oʻrganilib, tegishli kamchiliklar aniqlandi, huquqiy javobgarlikni oshirish va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha innovatsion yechimlar taklif etildi. …

Kamalova Dildora Gayratovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti dekani yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Jinoyatga suiqasd qilish bosqichidan ixtiyoriy qaytish masalasi murakkab hisoblanadi. Jinoyat huquqi taʼlimotida suiqasd qilish tamom boʻlgan va tamom boʻlmagan suiqasd turlariga ajratilganligi bois har bir suiqasd turidan ixtiyoriy qaytish masalasini alohida koʻrib chiqish maqsadga muvofiq. Maʼlumki, jinoyat huquqi doktrinasida tamom boʻlgan suiqasddan ixtiyoriy qaytish mumkin emas degan fikr mustahkamlangan. Biroq soʻnggi yillardagi ilmiy tadqiqotlarda tamom boʻlgan suiqasddan ham ixtiyoriy qaytish mumkinligi va jinoiy javobgarlik istisno etilishi nuqtayi nazari ilgari surilmoqda. Qayd etish lozimki, mazkur qarash ilmiy va nazariy jihatdan munozarali boʻlib, ushbu maqolada jinoyat huquqi nazariyasi qoidalari, sud amaliyoti materiallari tahlili asosida jinoyatga suiqasd qilish bosqichidan ixtiyoriy qaytishga oid fikrlar tahlil qilinib, muallifning pozitsiyasi shakllantirilgan. …

Mirzaraimov Sardor Taxirovich

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada bugungi kunda bezorilik jinoyatlari bo‘yicha surishtiruv va dastlabki tergov o‘tkazishda uchrayotgan kvalifikatsion muammolar, isbotlash jarayonining o‘ziga xos jihatlari va mazkur masalalarni huquqiy tartibga solish jihatlari, jabrlanuvchi shaxsi, uning huquqlari hamda mavzuga doir boshqa masalalar tadqiq etilgan. Shuningdek, maqolada bezorilik jinoyatining dispozitsion sharhi, unda berilgan ayrim jumlalarni qo‘llashda mavjud muammolar huquqiy sharhlanib, ularning huquqiy ta’rifi qonunchilikda aks etishi lozimligi borasidagi takliflar berilgan. …

Sabirbayeva Aynura Baxit qizi

O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi dotsenti

Annotatsiya
Maqolada kiber jinoyatlar sodir etishda jinoiy yo‘l bilan olingan pullarni legallashtirishda qo‘llanadigan zamonaviy usullar ko‘rib chiqilgan, shuningdek, droplarga nisbatan bank kartasi yoki SIM-karta raqamlarini uchinchi shaxslarga o‘tkazish uchun javobgarlik belgilash va amaldagi jinoiy va ma’muriy qonunchilikka o‘zgartirish kiritish zarurligi asoslangan. Aynan shu vositalar jinoyat izlarini yashirishda va jinoyatchilikdan olingan daromadlarni legallashtirishda muhim ahamiyatga ega. …

Maxmudov Sunnat Azim o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada sud-huquq islohotlarini amalga oshirish bosqichida jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilik normalari asosida jinoyat ishini reabilitatsiya asoslariga ko‘ra tugatishning o‘ziga xos jihatlari hamda ushbu asoslarga ko‘ra ishni tugatishda yuzaga keladigan ayrim muammolar tahlil etilgan. Maqolada olimlarning jinoyat ishini reabilitatsiya asoslari bo‘yicha tugatishda ilgari surgan qarashlari orqali ushbu institutning qo‘llanish doirasi o‘rganildi. Olimlarning qarashlari va ilgari surgan g‘oyalaridan kelib chiqqan holda, jinoyat ishini reabilitatsiya asoslariga ko‘ra tugatish ilmiy, nazariy, amaliy va qonunchilik normalari orqali tahlil etildi. …