QURILISH SOHASIDA EKOLOGIK YURIDIK JAVOBGARLIK

Nurullayev Shoxrux Shuxratillayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada qurilish sohasida atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilishda yuridik javobgarlik va uni takomillashtirish masalalari yoritilgan. Mavzuning dolzarbligi, sohadagi tegishli kamchiliklar, muammolar hamda rivojlangan davlatlarning mazkur sohada qoʻllaydigan amaliyoti tahlil qilingan. Maqola soʻngida mazkur sohani rivojlantirish, jumladan, qurilish sohasida ekologik meʼyorlarni kuchaytirish, ushbu sohada komplaensni taʼminlash uchun tegishli takliflar berilgan. Mavzuni oʻrganish jarayonida mavjud qonunchilik bazasi oʻrganilib, tegishli kamchiliklar aniqlandi, huquqiy javobgarlikni oshirish va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha innovatsion yechimlar taklif etildi. Tadqiqot natijalaridan kelib chiqqan holda xulosa qilish mumkinki, qurilish sohasida ekologik yuridik javobgarlikni yanada yaxshilash uchun eng avvalo, javobgarlik choralarini kuchaytirish, monitoring va hisobot berish mexanizmlarini yaxshilash, ekologik normalarning buzilishiga qarshi kurashishda nodavlat-notijorat tashkilotlarini faol ravishda jalb qilish, shuningdek, qonunchilikdagi baʼzi normalarga qoʻshimcha kiritish shu sohaning yanada rivojlanishiga turtki boʻladi. Bundan tashqari, qurilish sohasida fuqarolarning yoki yuridik shaxslarning tabiatga nisbatan doʻstona munosabatini taʼminlash uchun tegishli ragʻbatlantiruvchi choralarning yetishmasligi ham shu sohaning kamchiliklaridan biri sifatida eʼtirof etildi.
Kalit so'zlar
ekologiya, atrof-muhit, zararli chiqindilar, yuridik javobgarlik qurilish sohasi.