1. Jurnalda chop etish uchun taqdim qilingan qo’lyozmalar jurnal mas’ul kotibi tomonidan qabul qilinadi. Talabga javob bermaydigan qo‘lyozmalar ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Mualliflar jurnal siyosati va maqolalarni nashrga tayyorlash qoidalari talablariga javob beradigan qo’lyozmani tahririyatga taqdim etishi lozim.
  2. Mas’ul kotibi tahririyatga kelib tushgan maqolalarni, ularning mazmunini jurnalning profiliga va mavzusiga muvofiqligini oldindan baholaydi, ularni ko‘rib chiqish uchun tahririyat a’zolariga, bo‘limlarning ilmiy muharrirlariga, ko‘rib chiqilayotgan muammolar bo‘yicha mutaxassislarga yuboradi.
  3. Tahririyatga taqdim etilgan barcha qo‘lyozmalar tadqiqot yo‘nalishiga ko‘ra bittasiga, kerak bo‘lganda esa ikki nafar taqrizchiga yuboriladi. Jurnalning bosh muharriri taqrizchilarni tayinlaydi. Jurnal bosh muharririning qaroriga binoan (ma’lum holatlarda) muharrirlarni tayinlash tahririyat a’zosiga topshirilishi mumkin. Ba’zi hollarda taqrizchilarni tanlash masalasi tahririyat yig‘ilishida hal qilinadi.
  4. Maqolalarni ko‘rib chiqish uchun taqrizchilar ilmiy jurnal tahririyatining a’zolari ham, aniq ilmiy sohalarda chuqur kasbiy bilim va tajribaga ega yuqori malakali mutaxassislar, qoida tariqasida fan doktorlari, professorlar bo‘lishlari mumkin.
  5. Maqolani ko‘rib chiqish uchun olgandan so‘ng (10 kun ichida), taqrizchi o‘z malakasining muallifning tadqiqot yo‘nalishiga muvofiqligi va biron-bir manfaatlar to‘qnashuvining yo‘qligi asosida materiallarni ko‘rib chiqish imkoniyatini baholaydi. Agar biror-bir raqobatdosh manfaatlar bo‘lsa, taqrizchi ko‘rib chiqishdan bosh tortishi va bu haqda tahririyatni xabardor qilishi mumkin.
  6. Taqrizchi, qoida tariqasida, 20 kun ichida maqola chop etilishi mumkin degan xulosaga keladi. Ko‘rib chiqish shartlari har bir alohida holatda, taqdim etilgan materiallar sifatini eng obyektiv baholash uchun sharoit yaratishni hisobga olgan holda o‘zgartirilishi mumkin, ammo 1 kalendar oydan oshmasligi kerak.
  7. Jurnal tahririyatiga nashr etish uchun topshirilgan ilmiy maqolalar tahrir hay’ati a’zosi tomonidan anonim ekspertiza (double-blind peer review)dan о‘tkaziladi.
  8. Maqolani yakuniy tahlilidan so‘ng, taqrizchi ushbu maqola uchun yakuniy tavsiyalarni to‘ldiradi. Tahririyat sharh natijalarini muallifga elektron pochta orqali yuboradi;
  9. Agar taqrizchi maqolaga ma’lum tuzatishlar kiritish zarurligini ta’kidlasa, maqola muallifga maqolaning yangilangan versiyasini tayyorlashda sharhlarni hisobga olish yoki ularni dalillar bilan rad etish taklifi bilan yuboriladi. Qayta ko‘rib chiqilgan maqolaga muallif barcha sharhlarga javoblar va maqolaga kiritilgan barcha o‘zgarishlarni izohlovchi xatni qo‘shadi. Tuzatilgan versiya qaror qabul qilish va nashr etish imkoniyati to‘g‘risida asosli fikrni tayyorlash uchun taqrizchiga qaytariladi.
  10. Muallif taqrizchining xulosasiga rozi bo‘lmagan taqdirda, jurnal tahririyatiga asosli javob berishga haqlidir. Bu holda maqola tahririyat ishchi guruhining yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi. Tahririyat maqolani qo‘shimcha yoki yangi tahlil qilish uchun boshqa mutaxassisga yuborishi mumkin. Agar muallif taqrizchilarning istak va mulohazalarini inobatga olmasa yoki xohlamasa, tahririyat maqolalarni rad qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
  11. Nashrning imkoniyati va maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi yakuniy qaror bosh muharrir (yoki uning topshirig‘iga binoan – tahririyat hay’ati a’zosi), zarur hollarda esa – tahririyat hay’ati yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Maqolani nashr etishga ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng, mas’ul kotib bu haqda muallifga xabar beradi va nashrning kutilgan muddatini ko‘rsatadi;
  12. Nashr qilish imkoniyati to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda maqola ustuvorlik va o‘rinlilik tartibida nashr qilish uchun jurnalning tahririyat portfeliga kiradi (ba’zi hollarda, bosh muharrirning qarori bilan maqola jurnalning navbatdagi sonida e’lon qilinishi mumkin);
  13. Chop etiladigan maqolalar to‘g‘risidagi yakuniy qaror Tahrir hay’ati yig‘ilishining bayonnomasida qayd etiladi, bu haqda jurnal muqovasining ikkinchi sahifasida tegishli yozuv qo‘yiladi;
  14. Nashr uchun tasdiqlangan maqola texnik muharrirga taqdim etiladi. Maqolaning mazmuniga ta’sir qilmaydigan stilistik yoki rasmiy xarakterdagi kichik tuzatishlar texnik muharrir tomonidan muallifning roziligisiz amalga oshiriladi. Agar kerak bo‘lsa yoki muallifning iltimosiga binoan maqola shaklidagi qo‘lyozma tasdiqlash uchun muallifga qaytariladi;
  15. Mualliflik huquqining buzilishi va maqola materiallarida mavjud standartlarga rioya qilmaslik uchun javobgarlik maqola muallifiga yuklatiladi. Taqdim etilgan faktlar va ma’lumotlarning ishonchliligi, berilgan xulosalar va tavsiyalarning to‘g‘riligi va maqolaning ilmiy va amaliy darajasi uchun javobgarlik muallif va taqrizchining zimmasiga tushadi.