KIBERJINOYATLARNI SODIR ETISHDA PUL MABLAG’LARINI YUVISHNING YANGI USULLARI

Sabirbayeva Aynura Baxit qizi

O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi dotsenti

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada kiber jinoyatlar sodir etishda jinoiy yo‘l bilan olingan pullarni legallashtirishda qo‘llanadigan zamonaviy usullar ko‘rib chiqilgan, shuningdek, droplarga nisbatan bank kartasi yoki SIM-karta raqamlarini uchinchi shaxslarga o‘tkazish uchun javobgarlik belgilash va amaldagi jinoiy va ma’muriy qonunchilikka o‘zgartirish kiritish zarurligi asoslangan. Aynan shu vositalar jinoyat izlarini yashirishda va jinoyatchilikdan olingan daromadlarni legallashtirishda muhim ahamiyatga ega. Unda uyushgan jinoiy guruhning bir qismi sifatida droplar va dropovodlarning oʻrni va vazifalari, shuningdek, droplarni topishning usullari, ya’ni onlayn reklama joylashtirish orqali (ishga joylashish boʻyicha e’lonlar, masalan, “oson” daromad topish) yoki oflayn rejim (tanishlar, spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga moyil bo‘lgan shaxslar, yashash joyi aniq bo‘lmagan shaxslar), droplarni topish uchun ishlatiladigan jinoiy sxemalar tasvirlangan. Bundan tashqari, maqolada droplarning turlari va har bir toifaning xususiyatlari misollar bilan keltirilgan. To‘lov kartasi yoki SIM-karta raqamini uchinchi shaxslarga o‘tkazish uchun javobgarlik to‘g‘risidagi xorijiy qonunchilikning (Xitoy, Fransiya, Germaniya) qiyosiy-huquqiy tahlili amalga oshirgan, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasining jinoyatchilikdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy tajribasi ko‘rib chiqilgan.
Kalit so'zlar
kiberjinoyatchilik, drop, dropovod, to‘lov kartasi, jinoiy daromadlarni legallashtirish, SIM-karta raqamlari, jinoiy javobgarlik, uyali aloqa operatorlari.