KIBERFIRIBGАRLIKNI SODIR ETISHDА GUMON QILINGАN SHАXSLАRNI SO‘ROQ QILISHNING TАKTIK XUSUSIYATLАRI (FISHING MISOLIDА

Sabirbayeva Aynura Baxit qizi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi o‘qituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada kiberfiribgarlikni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni so‘roq qilishning taktik xususiyatlari o‘rganilgan, shuningdek, fishing hujumlarida gumon qilinuvchilarga berilishi kerak bo‘lgan savollarning taxminiy ro‘yxati ishlab chiqilgan. Maqolada fishing hujumlarining turlari, shuningdek, uni sodir etishning eng xavfli usullari keltirilgan. “Oson Credit” ilovasidan foydalangan holda, kiberfiribgarlik turlaridan biri tavsiflangan bo‘lib, bu firibgarlik turi foydalanuvchilarning maxfiy maʼlumotlari, ayniqsa, bank karta maʼlumotlarini egallab olish, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarga kirish, jinoyatchilar telefon vositasiga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritgan va telefonda mavjud bo‘lgan video, foto fayllar, hujjatlarni egallashga qaratilgan. Maqolada sud-tergov amaliyotida tergovchilar tomonidan maxsus terminologiya, firibgarlikning yangi turlarini tergov qilish xususiyatlarini bilmaslik tufayli eng ko‘p tarqalgan xatolar ko‘rib chiqilgan. Iqtisodiy sohadagi jinoyatlarning rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish natijasida kiberfiribgarliklarni tergov qilishning yangi samarali usullarini ishlab chiqish zarurati aniqlangan. Kiberjinoyatchilikning oxirgi yillardagi statistikasi tahliliga ko‘ra, firibgarlikning yangi turlari, yaʼni fishing, smishing, karding va h.k.larga bo‘lgan kurashni yanada kuchaytirish zaruriyati to‘g‘risida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar
fishing, so‘roq, kiberjinoyat, firibgarlik, algoritm, gumon qilinuvchi.
Iqtibos uchun
For citation: