BEZORILIK: HUQUQNI QO‘LLASH MUAMMOLARI

Mirzaraimov Sardor Taxirovich

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada bugungi kunda bezorilik jinoyatlari bo‘yicha surishtiruv va dastlabki tergov o‘tkazishda uchrayotgan kvalifikatsion muammolar, isbotlash jarayonining o‘ziga xos jihatlari va mazkur masalalarni huquqiy tartibga solish jihatlari, jabrlanuvchi shaxsi, uning huquqlari hamda mavzuga doir boshqa masalalar tadqiq etilgan. Shuningdek, maqolada bezorilik jinoyatining dispozitsion sharhi, unda berilgan ayrim jumlalarni qo‘llashda mavjud muammolar huquqiy sharhlanib, ularning huquqiy ta’rifi qonunchilikda aks etishi lozimligi borasidagi takliflar berilgan. Shuningdek, bezorilik jinoyatining dispozitsiyasi va og‘irlashtiruvchi holat hisoblangan “umum e’tirof etilgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi o‘taketgan behayolik” jumlasi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 8-avgustdagi “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–860-son Qonunining 13-moddasiga muvofiq, noaniq jumla sifatida qayd etilgani hamda uni amaliyotda diskretsion vakolatlarga sabab bo‘layotgani huquqiy, tahliliy yoritilgan, muammoning huquqiy yechimi sifatida mazkur jumlaga ilmiy-huquqiy ta’rif ishlab chiqilib, uning Jinoyat kodeksining 8-bo‘limiga atamalarning izohli sharhida qayd etilishi lozimligi borasidagi xulosaga kelingan. Tadqiqotda analiz, sintez, induksiya, deduksiya, qiyosiy-huquqiy tahlil kabi metodlar qo‘llangan. Tadqiqot ishida ilg‘or xorijiy tajriba, ilmiy-nazariy qarashlar va tergov hamda sud amaliyoti o‘rganilgan, buning natijasi o‘laroq O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga va boshqa qonun hamda qonunosti hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
bezorilik, jamoat joyi, kvalifikatsiya, o‘taketgan behayolik, jinoyat, kvalifikatsion chegara, kibermakondagi bezorilik, virtual bezorilik.