A.I. ISHANOV – BUYUK O‘ZBEK DAVLATSHUNOS OLIMI

Qoraxoʻjayeva Dilorom Mamirovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqola ustoz va murabbiy, atoqli huquqshunos olim Otabay Ishanovich Ishanovning yuqori malakali huquqshunos kadrlar tayyorlashdagi ko‘p yillik mehnati hamda milliy davlatchilikni takomillashtirish va mamlakat huquq fanini rivojlantirish borasidagi ilmiy tadqiqot faoliyatidagi ulkan yutuqlari uchun hurmat va sharaf sifatida xotirasiga bag‘ishlanadi. Asosiy biografik ma’lumotlar bilan bir qatorda, Alma-mater, ya’ni o‘qigan yillari, O‘zbekistonda milliy davlatchilikning vujudga kelishi va rivojlanishi tarixi sohasida ilmiy tadqiqotchi sifatida shakllanishi, shuningdek, A.I. Ishanovning ko‘plab ilmiy ishlari, respublika va ittifoq matbuotidagi qator maqolalari, yirik ilmiy nashrlarga nisbatan tahririyat faoliyatida o‘z ifodasini topgan umummilliy davlatning nazariy muammolari yoritib berilgan. A.I. Ishanovning mahalliy millatlar (oʻzbek, turkman, qoraqalpoq, tojik, qirgʻiz, qozoq va boshqalar)dan yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashdagi faoliyatiga alohida eʼtibor qaratilib, A.I. Ishanov baynalmilalchi olim sifatida tavsiflanadi. Otabay Ishanovich Ishanov yuridik fanning buyuk arbobi, taniqli olim, jamoat arbobi, O‘zbekistondagi barcha huquqshunoslarning ustozi sifatida e’tirof etilishi bilan birga, uning hayoti barcha sohada: kundalik hayotdagi xulq-atvordan tortib, eng yaxshi insoniy fazilatlar va mukammal professionallikni birlashtirgan hayratlanarli qonunchilik faoliyatigacha ibrat namunasi, o‘ziga xos mezon sifatida ko‘rsatiladi. Umuman olganda, navqiron avlodni tarbiyalashda o‘rnak bo‘lishi va xizmat qilishi uchun tayyorlangan ushbu maqola zarurligini ta’kidlash lozim.
Kalit so'zlar
milliy davlatchilik, davlat va huquq nazariyasi, huquq fani, ilmiy faoliyat, oʻzbek davlatshunos olimi.