MUOMALA LAYOQATIDAGI NUQSONLAR VA UNI ANIQLASHDAGI MUAMMOLAR

Usmonova Munisxon Yoʻldosh qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi katta oʻqituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Shaxslarning muomala layoqatida nuqsoni bor yoki yoʻqligini aniqlash tuzilayotgan bitim yoki shartnomalarning haqiqiy yoxud haqiqiy emasligi asosini tashkil etadi. Fuqarolik munosabatlari ishtirokchilarining iroda hamda intellektual holatiga taʼsir koʻrsatuvchi omillarning koʻpligi shartnomaviy-huquqiy munosabatlarning adolat bilan kechmasligiga sabab boʻladi. Iroda holatining buzilishi sababli insonlar oʻz xatti-harakatlarini boshqara olmasliklariga, intellektual holatdagi oʻzgarishlar esa harakatlarni anglay olmasliklariga olib keladi. Zamonaviy dunyoda muomala layoqatida nuqson keltirib chiqaruvchi vositalar ham turlicha boʻlib, ularning baʼzilari qonunchiligimizda tartibga solinmagan. Bitim tuzish paytida inson ruhiyatining qay holatda boʻlganligini aniqlashning texnologik usullarini qoʻllash imkoniyatlari ushbu maqolada tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada inson ongiga taʼsir koʻrsatuvchi hamda muomala layoqatida nuqson paydo boʻlishiga sabab boʻluvchi omillarga doir olimlarning turli qarashlari oʻrganilgan boʻlib, muallif tomonidan kerakli fikr-mulohazalar ham keltirib oʻtilgan.
Kalit so'zlar
muomala layoqatida nuqsoni bor shaxs, iroda va intellektual holatning buzilishi, affekt, yuridik affekt, patologik affekt, kompleks psixologik-psixiatrik ekspertiza, elektron sigaret, chilim, patronaj.