KORPORATSIYANI BOSHQARISHDA FIDUSIAR MAJBURIYATLAR VA ULARNI О‘ZBEKISTONDA QО‘LLASH IMKONIYATLARI

Ibrohimov Azimjon Abdumо‘min о‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik huquqi” kafedrasi о‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Hozirda mamlakatimiz fuqarolik huquqini takomillashtirishga oid keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Buni korporativ huquqiy munosabatlarga oid qoidalarda ham kо‘rish mumkin. Jumladan, yuridik shaxs faoliyatiga daxldor о‘zgarishlardan biri yuridik shaxs boshqaruvchilarining fidusiar majburiyatlariga oid. Korporativ huquqda yuridik shaxsning boshqaruv organlarining fidusiar majburiyatlari markaziy masalalardan hisoblanadi. Yuridik shaxsni tо‘g‘ri va samarali boshqarish kо‘p jihatdan boshqaruv organlarining fidusiar majburiyatlari qay darajada tartibga solingani va ularga rioya etilishi bilan belgilanadi. Shuningdek, fidusiar majburiyatlarga rioya etmaslik boshqaruv organlari uchun yuridik shaxs oldida yuzaga keladigan javobgarlik asosi sanaladi. Ingliz-amerika korporativ huquqida korporatsiya direktorining fidusiar majburiyatlari umumiy tarzda: lozim darajadagi g‘amxo‘rlik (duty of due care), sodiqlik (duty of loyalty) hamda halollik (duty of good faith) majburiyatlaridan iborat ekanligi kо‘rsatiladi. Rossiya Federatsiyasi korporativ huquqida esa yuridik shaxs boshqaruv organlarining yuridik shaxs manfaatlarini kо‘zlab, halol va oqilona ish yuritishi lozimligi belgilangan hamda ushbu fidusiar majburiyatlar buzilishi ularning yuridik shaxs oldidagi javobgarligi asosi sifatida mustahkamlangan va sud amaliyoti hujjatlarida ularning mazmuni aniqlashtirilgan. Mazkur ishda AQSH, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi hamda sud amaliyoti asosida yuridik shaxs boshqaruv organlarining fidusiar majburiyatlari tahlil etiladi hamda ularni О‘zbekiston Respublikasi korporativ huquqida qо‘llash va ushbu institutni takomillashtirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Kalit so'zlar
fidusiar majburiyatlar, lozim darajada g‘amxо‘rlik majburiyati (duty of due care), sodiqlik majburiyati (duty of loyalty), halollik majburiyati (duty of good faith), yuridik shaxs manfaatlari, halollik va oqilonalik.
Iqtibos uchun
For citation: