FАRMАTSEVTIKА FАOLIYATINI LITSENZIYALАSHNING HUQUQIY АSOSLАRI

Xudoyberganova Mavjuda Hamroqulovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada farmatsevtika faoliyatining bir yo‘nalishi sifatida dori vositalari va tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish tartibi – mazkur faoliyatni litsenziyalash shartlari va talablari, shuningdek, dori vositalarini chakana realizatsiya qilish subyektlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar huquqiy asoslarga tayangan holda batafsil o‘rganib chiqilgan. Mamlakatimizning dori vositalari sohasiga oid barcha qonunlari aholini ijtimoiy himoya qilishda keng doiradagi fuqarolarga arzon va sifatli dori vositalarini yetkazish, tor doiradagi ayrim toifadagi fuqarolarini bepul yoki qisman haq to‘lash asosida dori vositalari bilan taminlashni nazarda tutadi. Maqolaning predmeti farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini huquqiy jihatdan o‘rganib chiqish va shu sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlarni bir-biriga muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hisoblanadi. Tarixiylik, tizimli tahlil, qiyosiy-huquqiy, mantiqiy, umumlashtirish, ilmiy manbalarni kompleks tahlil qilish kabi metodlar asosida olib borilgan tadqiqot natijalariga asosan umumiy xulosaga kelingan. Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashga doir qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
litsenziya, ruxsatnoma, litsenziyalash, talablar, farmatsevtika faoliyatni litsenziyalash, davlat boshqaruvi.