SAYLOVGA OID NIZOLARNI HAL ETISH USULLARI

Rajabova Karima Qahramonovna

Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida o‘rnatilgan saylovga oid nizolarni hal etish usullari, jumladan, ma’muriy va sud tartibi nazariy tushunchalari hamda protsedurasi tahlil qilinadi. Shuningdek, qonunchilikdagi bo‘shliqlar muhokama qilinadi. Tadqiqotni amalga oshirishda qiyosiy-huquqiy, amaldagi normalar va statistik maʼlumotlar tahlili kabi usullardan foydalanildi. O‘zbekiston demokratik huquqiy davlatini barpo etish jamiyatda erkin saylov huquqini shakllantirish, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi rolini kuchaytirish, ommaviy-huquqiy munosabatlar sohasida tub o‘zgarishlar qilishni talab etadi. Maqolada milliy qonunchiligimizda saylov bilan bog‘liq nizolarni hal etishdagi mavjud bo‘shliqlar tahlil qilinib, ularni rivojlangan davlatlar tajribasi orqali to‘ldirish hamda takomillashtirish zarurligi taklif qilindi.
Kalit so'zlar
saylovga oid nizolar, nizolarni hal qilishning ma’muriy tartibi, sud, protsedura, nizo predmeti, taalluqlilik, muddatlar, qaror.