AMNISTIYA AKTI ASOSIDA JAVOBGARLIKDAN OZOD QILISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Akramova Muazzam Turdiqul qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Tadqiqot ob’ektini O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bilan tartibga solinadigan, amnistiya asosida javobgarlikdan ozod qilish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. Tadqiqot predmetiga Jinoyat kodeksining amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilishning huquqiy asoslarini tashkil qiluvchi normalari, normativ-huquqiy hujjatlar va ushbu masalaga oid nazariy asoslarni belgilab beruvchi ilmiy asarlar kiradi. Tadqiqot ishining dolzarbligi shundaki, globallashuv jarayonida jahonning ilg‘or mamlakatlari yuridik tajribasidan foydalanib, qonunchilikni o‘z milliy qadriyatlarimizga mos ravishda rivojlantirib, huquq-tartibotni mustahkamlab borishning ilmiy metodologik asoslarini amnistiya akti asosida jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutlariga nisbatan qo‘llash va o‘rganish zamon talabidir. Tadqiqotni amalga oshirishda analiz, sintez, dialektik, qiyosiy-huquqiy, mantiqiy yondashuv, induksiya, deduksiya, joriy qonunchilikni tahlil etish, tizimlashtirish va ilmiy bilishning boshqa usullaridan foydalanildi. Tadqiqot natijasida amnistiya akti asosida jinoiy javobgarlikdan ozod etishda belgilangan normalarni tahlil qilish, ularning amaliyotda qay tartibda qo‘llanilishini o‘rganish, yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash va shu asosda ushbu muammolarni hal qilishga qaratilgan takliflar tayyorlandi. Xulosa sifatida amnistiya aktini qo‘llab, jinoiy javobgarlikdan ozod qilishda sinov muddatini joriy etish lozimligi bildirildi.
Kalit so'zlar
mahalliy amnistiya, umumiy amnistiya, insonparvarlik tamoyili, jinoyatning takror sodir etilishi, amnistiya to‘g‘risidagi qaror, normativ-huquqiy hujjat, afv, sinov muddati.
Iqtibos uchun
For citation: