TINTUV TERGOV HARAKATI TUSHUNCHASI VA UNING BOSHQA TERGOV HARAKATLARI TIZIMIDA TUTGAN OʻRNI

Murodov Baxtiyorjon Baxodirovich

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi dastlabki tergov va kriminalistika kafedrasi boshligʻi, professor, yuridik fanlar doktori

Xomidov Voxidjon Adxamovich

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada tergov harakati va tintuv tergov harakatining tushunchasi, tintuv tergov harakatining mazmun-mohiyati, bu borada tadqiqot olib borgan olimlarning fikrlari, ishni sudga qadar yuritish bosqichida jinoyat-protsessual normalarning ustuvorligini taʼminlash, jinoyat-protsessual harakatlardan tergov harakatlarini alohida ajratib koʻrsatish mumkin boʻlgan mezonlar, tintuv tergov harakatining boshqa tergov harakatlari tizimida turgan oʻrni va tintuv tergov harakati taʼrifi qonun hujjatlarida oʻz ifodasini topmaganligi, shuningdek, tergov amaliyotida ushbu tergov harakatining mazmuni toʻgʻri tushunilishida va uning oʻz oʻrnida qoʻllanishida ayrim tushunmovchiliklar mavjudligi, sud-tergov amaliyotida tintuv oʻtkazilishi lozim boʻlgan holatlarda hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish, olib qoʻyish, koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish yoki guvohlantirish tergov harakatlarini oʻtkazishdagi farqlari, shuningdek, “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunda qayd etilgan “Turar joylarni va boshqa joylarni, binolarni, inshootlarni, joyning uchastkalarini, texnik va transport vositalarini tekshirish” tezkor-qidiruv tadbiridan, “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilgan “Ushlab turilgan shaxslar, ularning yonida boʻlgan narsalar va hujjatlar, shuningdek, ularning transport vositalari qonunchilikda belgilangan tartibda koʻzdan kechirilishi mumkin” degan mazmundagi majburlov chorasidan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning “Maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish, ashyolar va transport vositalarini koʻzdan kechirish, ashyolar va hujjatlarni olib qoʻyish”ni belgilovchi XXI bobida nazarda tutilgan tartibi bilan umumiy va farqli jihatlari asoslantirib berilgan.
Kalit so'zlar
tergov harakati, tintuv, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya, qaror, sanksiya.