DAVLAT BOSHQARUVINING KONSTITUTSIONAL ASOSLARI: QONUNCHILIKNI KONKRETLASHTIRISHNING BAʼZI JIHATLARI

Тulteyev Ilyas Тavasovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada davlat boshqaruvining konstitutsiyaviy asoslarini qonunchilikda konkretlashtirishning mohiyati, zaruriyati va ayrim vazifalari ochib berilgan. Ushbu masalani oʻrganishning dolzarbligi mamlakat Konstitutsiyasining yangi tahriri mazmunidan kelib chiqib, amaldagi qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zaruratidan kelib chiqadi. Muallif ilmiy tadqiqotning tarixiy, qiyosiy-huquqiy, tizimli va boshqa ayrim usullaridan foydalangan. Maqolada konstitutsiyaviy normalarni aniqlashtirish, ularning mohiyati va mazmunini batafsil yoritib berish, shuningdek, Konstitutsiya qoidalarini hayotga tatbiq etishning huquqiy mexanizmini barpo etish zaruriyatining obyektiv talabi asoslab berilgan. Oʻrganish natijalaridan qonun ijodkorligi faoliyatida, asosiy qonun tamoyillari va normalarini amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan qonun loyihalarini ishlab chiqish jarayonida foydalanish mumkin. Tahlilning asosiy natijasi quyidagi tezisda koʻrinadi: davlat boshqaruvining konstitutsiyaviy asoslarini qonunchilikda aniqlashtirish, bir qator yangi qonunlarni qabul qilish, shuningdek, davlat boshqaruvi sohasini tartibga soluvchi koʻplab amaldagi qonunlarni tubdan yangilash zarur.
Kalit so'zlar
Konstitutsiya, konstitutsiyaviy normalar, davlat boshqaruvi tizimi, qonunchilikni konkretlash­tirish.