HUJJATLARNI QALBAKILASHTIRISH VA QIMMATLI QOGʻOZLARNI SOXTALASHTIRISH, KOʻCHIRILGAN DASTXATLAR, HUJJATLARNING OʻZGARTIRILGANLIGI BILAN BOGʻLIQ JINOYATLARNI ANIQLASH

Shonazarov Abduvali Shonazarovich

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi oʻqituvchisi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada hujjatlarni qalbakilashtirish va qimmatli qogʻozlarni soxtalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlarni tergov qilishda xorij amaliyotining muhim jihatlari yoritilgan. Hujjatlarni qalbakilashtirish va qimmatli qogʻozlarni soxtalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar hozirgi zamonda eng keng tarqalgan jinoyatlar sirasiga kiradi. Texnologiya yangiliklari koʻpaygan sari undan foydalanish imkoniyatlari oshib boradi. Ayniqsa, hozirgi zamonda hujjatlarning haqiqiyligini saqlovchi xavfsizlik baland boʻlishiga qaramay ularni qalbakilashtirish yoʻllari texnologiya sababli hali ham mavjuddir. Ushbu jinoyatning dolzarbligi shundaki, hujjatlarni soxtalashtirish faqatgina ijtimoiy xavfliligi bilangina dolzarb emas, balki uning zarari ham shaxsga, ham davlatga birdek zarar yetkazadi. Shuningdek, koʻchirilgan dastxatlar va hujjatlarning oʻzgartirilganligi yoki yaratilgan elementlarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki bu turdagi jinoyatlar tobora shiddat bilan oʻsib bormoqda. Yaʼni insonlar uchun joriy etilayotgan yangi turdagi qulayliklarni “uchar jinoyatchilar” oʻzlashtirib (QR kod va muhrlar) oʻzlarining maqsadlari yoʻlida foydalanishmoqda. Maqolada xorijlik mutaxassislarning yuqoridagi mavzuga oid fikr mulohazalarini koʻrish mumkin. Ayni vaqtda jamiyatning har bir aʼzosi oʻz xatti-harakatini qonuniyligini taʼminlash uchun hujjatlarga murojaat qilishi odatiy holdir. Hujjatlardan bunday keng usulda foydalanish jinoyatchilarning eʼtiborini tortishi tabiiy holdir.
Kalit so'zlar
QR kod, muhr, shtamp, fotosensitiv imzo muhri, Image processing, Mikrospektrofotometriya, CNN modellar.