TIBBIY YO‘SINDAGI MAJBURLOV CHORALARI QO‘LLANILAYOTGAN SHAXSNING PROTSESSUAL MAQOMINI TAKOMILLASHTIRISH

Sayfullayev Bahodir Bahromovich

IIV Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi, leytenant

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada aqli noraso yoki ruhiyati vaqtinchalik buzilgan shaxslar tomonidan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilganda yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgandan so‘ng ruhiyati vaqtinchalik buzilgan shaxslarning surishtiruv hamda dastlabki tergov jarayonida protsessual maqomi bilan bog‘liq qonun va amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar o‘rganilgan. Mamlakatimizda shaxsning huquq va erkinlari, uning jamiyatdagi munosib o‘rnini ta’minlashga qaratilgan islohotlarga qaramasdan, jinoyat-protsessual huquqda shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashda, uning protsessual maqomi aniq qilib ko‘rsatilmaganligi bilan asoslanadi. Hattoki O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida ham, yuridik adabiyotlarda ham tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilayotgan shaxsning maqomi tarqoq bo‘lib, turli normalarga ega. Shu sababdan ham tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilayotgan shaxsning maqomini yaqqol ko‘rsatib, uning huquq va majburiyatlarini aniq belgilagan holda, mamlakatimiz qonunlarida mustahkamlash lozim. Mazkur muammoga huquqiy tomondan to‘g‘ri va aniq barham berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘rsatilgan hamda xalqaro talablarga zid bo‘lmagan ravishda aqli noraso shaxsning tergov jarayonidagi huquqiy maqomini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Muallif ushbu muammoning huquqiy yechimini topishda asosiy yo‘nalish qonunlarda tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilayotgan shaxsga nisbatan uning protsessual maqomi, huquq va majburiyatlari aniq qilib belgilab o‘tilishi lozim, degan pozitsiyasini ilgari suradi.
Kalit so'zlar
ijtimoiy xavfli qilmish, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari, aqli norasolik, ruhiy holatning buzilishi, protsessual maqom, huquq va majburiyatlar.
Iqtibos uchun
For citation: