ISH BAJARISH VA XIZMAT KO‘RSATISH MUNOSABATLARIDA ISTE’MOLCHIGA YETKAZILGAN ZARARNI QOPLASH SUB’EKTLARINI ANIQLASH MASALALARI

Babayev Jahongir Ismoilbekovich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik huquqi” kafedrasi professor v.b., dotsent, yuridik fanlar nomzodi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ish bajarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida iste’molchi bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishayotgan subyektlar doirasi xilma-xildir. Deyarli barcha holatlarda bu subyektlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadi. Biroq bugungi kunda ish bajarish va xizmat ko‘rsatishlarning innovatsion usullari keng tarqalayotganligi, Internet tarmog‘i orqali onlayn xizmat ko‘rsatish turlarining ommalashib borayotganligi iste’molchi bilan huquqiy munosabatga kirishayotgan subyektlar doirasini aniqlash muammosini yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, frilanserlik faoliyatining rivojlanayotganligi, masofaviy ish bajarish va xizmat ko‘rsatish ko‘lamining ortib, onlayn xizmat turlarining takomillashib borayotganligi iste’molchilar huquqlariga nisbatan yangi xavf va chaqiriqlarni paydo qilmoqda. Bu esa ayni paytda iste’molchilarga yetkazilgan zararlar uchun javob berishi lozim bo‘lgan subyektlarni aniqlash va topishda qiyinchiliklar kelib chiqishiga, ayrim o‘rinlarda esa zararlarning qoplanmay qolishiga olib kelmoqda. Ushbu yuqoridagi qoidaning amal qilishi uchun esa jamiyatda erkin raqobat, talab va taklifga asoslangan bozor bo‘lishi zarur. Shu bilan birga, har bir fuqaro iste’molchi sifatida o‘z huquqlarini himoya qilishi mumkinligi, “iste’molchi doimo haq ekanligi” iste’molchilar o‘rtasida keng targ‘ib qilinmayotganligi ham iste’molchi huquqlarini himoya qilishda aytarli natija bermaydi. Mazkur omillar ish bajarish va xizmat ko‘rsatish sohasida iste’molchiga yetkazilgan zararni qoplash subyektlarini aniqlashga nisbatan yangi huquqiy yechimlar va qoidalar ishlab chiqish dolzarbligini ifodalaydi.
Kalit so'zlar
iste’molchi; zarar; subyekt; ish bajarish; xizmat ko‘rsatish; shartnoma; frilanser; tadbirkor; jismoniy shaxs; yuridik shaxs.
Iqtibos uchun
For citation: