BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI KONSEPSIYASINING TARAQQIY ETISH ISTIQBOLLARI

Allaberganova Nodira Maxmud qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchisi

Abdumannabova Muyassar Abdurashid qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti talabasi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada turli davlatlarda 15 yil muddatga Barqaror rivojlanish maqsadlarini uzoq muddatli rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, Barqaror rivojlanishning ba’zi ustuvor maqsadlarini amalga oshirgan mamlakatlarning ehtiyojlari, ular duch kelgan to‘siqlar va xorijiy tajriba o‘rganilgan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish strategiyasini Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan yanada rivojlantirish zarurligi batafsil ochib berilgan. Shu bilan birga, hukumat tomonidan tahlil qilinishi va hal etilishi hamda jamoatchilik bilan aloqalar tizimiga tatbiq etilishi kutilayotgan uchta eng dolzarb muammo alohida qayd etilgan. Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha milliy normativ-huquqiy hujjatlar tahlili va xorijiy tajriba keltirilgan. Maqolada xalqaro miqyosdagi asosiy global muammolar muhokama qilingan. Bundan tashqari, Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarning huquqiy tahlili yoritilgan.
Kalit so'zlar
maqsadlar, barqaror rivojlanish, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, qashshoqlik, gender tengligi, ekotizim, amalga oshirish, jamiyat, ijtimoiy munosabatlar.