JINOYATCHILIKNI PROGNOZ QILISH VA UNI AMALGA OSHIRISH METODLARI

Abdurasulova Qumrinisa Raimkulovna

IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Buranova Raziya Yermahamed qizi

IIV Akademiyasi tayanch doktoranti

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada prognoz qilishning rivojlanish tarixi, prognoz tushunchasi, ilmiy prognoz qilish, kriminologiyada, shu jumladan boshqa fanlarda prognoz qilishning ahamiyati, kriminologik prognozning mohiyati va xususiyatlari va differentsiatsiyasi, uning vazifalari, maqsadlari va turlari umuman jinoyat, balki individual jinoiy xulq-atvorni prognoz qilish tushunchasi, kriminologik vaziyat, prognozlash subyektlari va obyektlari, jinoyatni bashorat qilishda foydalaniladigan usulni tanlashda ularning roli, jinoyatni prognoz qilishning umumiy va maxsus usullari: sotsiologik so’rov, statistik usul, ekstrapolyatsiya usuli, ekspert baholash usuli, eng kichik kvadratchalar usuli, ilmiy gipoteza (gipoteza) usuli, misollar bilan ushbu usullarning tasnifi va tushunchasi, jinoyatchilik darajasining oʻzgarishini prognoz qilishda uning miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini, sabab va sharoitlarini o‘rganish lozimligi haqida, inson xulq-atvorining xususiyatlari, shaxsning xulq-atvorini prognoz qilishda uning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, jinoyatchilikka qarshi kurashni rejalashtirish tushunchasi, rejalar turlari, rejalarning tarkibiy qismlari, bashorat qilish va rejalashtirishning oʻzaro bogʻliqligi, jinoyatchilikka qarshi kurashishda va jinoyatchilik bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarning tashkil etilishida kriminologik prognoz qilishning jinoyatchilikka qarshi kurashishni rejalashtirishdagi o‘rni haqida fikr va mulohazalar bildirilgan.
Kalit so'zlar
jinoyatchilik, miqdor va sifat ko‘rsatkichlari, sabab va shart-sharoitlari, shahsning xulq-atvori, jinoyatchilikni prognoz qilish, sotsiologik so‘rov, statistika metodi, ekstrapolyatsiya metodi, ekspert bahosi metodi, eng kichik kvadratlar metodi, ilmiy faraz (gipoteza) metodi, rejalashtirish.