DAVLAT BYUDJETI USTIDAN JAMOATCHILIK NAZORATINI AMALGA OSHIRISH

Yakubov Shuhrat Ummataliyevich

yuridik fanlar doktori (DSc), dotsent, Toshkent davlat yuridik universiteti, “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi professori v.b.

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada jamoatchilik nazoratining yangi va istiqbolli yo‘nalishi ilmiy tahlil etilgan. Bu – davlat byudjeti, uning ijrosi ustidan fuqarolar va keng jamoatchilik olib boradigan nazorat. Moliyaviy nazorat byudjet mablag‘larining samarali sarflanishida muhim ahamiyatga ega. Davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolarning faol ishtiroki ijobiy natijalarga olib kelgani kabi, bu metod byudjet xarajatlarining maqsadli ishlatilishiga xizmat qiladi. Mazkur tadqiqot ishi kuzatish, umumlashtirish, aksiomatik, statistik, formal-yuridik va qiyosiy metodlar asosida amalga oshirildi. Fuqarolarning moliya nazoratidagi ishtiroki kuzatildi va bu soha tahlil qilindi. Mavjud huquqiy asoslar va ularning amaliy ijrosi o‘rganildi. Natijada fuqarolar tomonidan moliyaviy nazoratni amalga oshirishdagi ayrim muammolar aniqlandi. Xususan, normativ-huquqiy asoslarning to‘liq shakllanmaganligi va uning sabablari; byudjet loyihasi muhokamasi va uning ijrosida ochiqlik hamda shaffoflikning yetishmasligi; ayrim davlat moliyaviy nazorati sub’ektlarining korruptsiyaga aralashuvi; byudjet xarajatlarining samarasiz hamda ayrim mansabdorlarning manfaatlari yo‘lida sarflanishi; byudjet loyihasi muhokamalarida keng jamoatchilik fikrini hisobga olishning mexanizmlari rivojlanmaganligi; ushbu muammolarni hal etish uchun, albatta, fuqarolarning davlat byudjeti ijrosi ustidan nazoratini kuchaytirish kerak, degan xulosaga kelindi. Har bir fuqaro byudjet daromadi va xarajatlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish hamda uni nazorat qilishga haqli. Maqolada ushbu sohadagi muammolar tahlilidan kelib chiqib, ayrim mualliflik takliflari ilgari surilgan.
Kalit so'zlar
jamoatchilik nazorati, davlat byudjeti, byudjet xarajati, fuqarolik moliya nazorati, fuqarolar uchun byudjet, ochiq byudjet, jamoatchilik moliya nazorati ob’ekti va sub’ektlari.
Iqtibos uchun
For citation: