ZAMONAVIY DAVLAT BOSHQARUVI VA DAVLAT FUQAROLIK XIZMATINING NAZARIY-HUQUQIY JIHATLARI

Maxmudov Firuz Baxtiyor oʻgʻli

Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazi direktori oʻrinbosari, Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi dotsenti yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD),

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy davlat boshqaruvi va davlat fuqarolik xizmatining nazariy-huquqiy jihatlari ilmiy manbalar, doktrinal qarashlar, yangi yondashuv, nazariya hamda konsepsiyalar asosida tahlil qilingan. Milliy shakllangan amaliyot va xorijiy tajriba asosida sohadagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish boʻyicha ilmiy yondashuv va chora-tadbirlar muallif tomonidan oʻrganilgan. Zamonaviy davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish boʻyicha mamlakatda olib borilgan maʼmuriy islohotlar tahlil qilinib, bu boradagi huquqiy norma va qonunchilik asoslari ilmiy-huquqiy jihatdan muhokama qilingan. Zamonaviy davlat boshqaruvini samarali amalga oshirishda davlat fuqarolik xizmatining oʻrni va ahamiyati asoslab berilgan. Davlat fuqarolik xizmatini klassifikatsiya qilish mezonlari, davlat fuqarolik xizmatchilarining reyestrini shakllantirish dolzarbligi ilmiy-huquqiy jihatdan asoslantirilib, davlat boshqaruvida muhim oʻrin tutishi isbotlab berilgan. Maqola ilmiy bahs, munozara, qiyoslash, tanqidiy tahlil, induksiya va deduksiya, mantiqiylik metodologiyasi asosida yozilib, muallif fikri va pozitsiyalari shakllantirilgan. Tadqiqot yakuni boʻyicha amaldagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan qator huquqiy takliflar, jumladan, mavjud qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ilgari surilgan. Virtual davlat boshqaruvi va davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish, jahon amaliyotida eʼtirof etilgan zamonaviy davlat boshqaruvini keng joriy etish, davlat boshqaruvi bilan bogʻliq maʼmuriy islohotlarni davom ettirish va samarali ijrosini taʼminlash mamlakat rivoji va aholi farovonligini taʼminlashda asosiy hal qiluvchi omillardan biri ekanligi boʻyicha ilmiy xulosaga kelingan.
Kalit so'zlar
zamonaviy davlat boshqaruvi, davlat fuqarolik xizmati, manfaatlar toʻqnashuvi, minimal state, effective state governance, corporate governance, public service, civil service, government service.