JINOYATGA SUIQASD QILISHDAN IXTIYORIY QAYTISHGA OID KONSEPTUAL QARASHLAR

Kamalova Dildora Gayratovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti dekani yuridik fanlar

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Jinoyatga suiqasd qilish bosqichidan ixtiyoriy qaytish masalasi murakkab hisoblanadi. Jinoyat huquqi taʼlimotida suiqasd qilish tamom boʻlgan va tamom boʻlmagan suiqasd turlariga ajratilganligi bois har bir suiqasd turidan ixtiyoriy qaytish masalasini alohida koʻrib chiqish maqsadga muvofiq. Maʼlumki, jinoyat huquqi doktrinasida tamom boʻlgan suiqasddan ixtiyoriy qaytish mumkin emas degan fikr mustahkamlangan. Biroq soʻnggi yillardagi ilmiy tadqiqotlarda tamom boʻlgan suiqasddan ham ixtiyoriy qaytish mumkinligi va jinoiy javobgarlik istisno etilishi nuqtayi nazari ilgari surilmoqda. Qayd etish lozimki, mazkur qarash ilmiy va nazariy jihatdan munozarali boʻlib, ushbu maqolada jinoyat huquqi nazariyasi qoidalari, sud amaliyoti materiallari tahlili asosida jinoyatga suiqasd qilish bosqichidan ixtiyoriy qaytishga oid fikrlar tahlil qilinib, muallifning pozitsiyasi shakllantirilgan. Tadqiqot yakunida muallif tomonidan bir qancha xulosalarga kelingan. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish mavjudligini aniqlashda jinoyat tarkibi tuzilishi muhim hisoblanadi. Tamom boʻlmagan suiqasd qilish bosqichidan ixtiyoriy qaytish mumkin va bu jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydi. Shuningdek, tamom boʻlgan suiqasddan ixtiyoriy qaytishda shaxsda huquqqa xilof qilmish rivojlanishi ustidan nazorat qilish imkoniyati; qilmish va ijtimoiy xavfli oqibat yuzaga kelish xavfi oʻrtasida vaqt oraligʻining mavjudligi; ixtiyoriy qaytishning faol amalga oshirilganligi kabi holatlar majmui eʼtiborga olinishi lozim.
Kalit so'zlar
jinoyatga suiqasd qilish, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish, moddiy tarkibli jinoyatlar, formal tarkibli jinoyatlar, kesik tarkibli jinoyatlar, tamom boʻlgan suiqasddan ixtiyoriy qaytish, tamom boʻlmagan suiqasddan ixtiyoriy qaytish.