O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI VA VAZIRLAR MAHKAMASI: O‘ZARO MUNOSABATLARNING YANGICHA TARTIBI

Hoshimxonov Ahrorxon Muminovich

Toshkent davlat yuridik universiteti birinchi prorektori, professor v.b., yuridik fanlar doktori

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vazirlar Mahkamasi bilan o‘zaro aloqalaridagi huquqiy jihatlar yangi tahrirdagi konstitutsiya moddalari asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat hokimiyati tizimida tutgan o‘rni va roli konstitutsiya qoidalari asnosida ochib beriladi. Hokimiyat vakolatlari taqsimlanishi prinsipiga ko‘ra, davlat rahbarining qanday maqomda turishiga oid xorijlik olimlarning nazariy-ilmiy fikr va mulohazalari o‘rganilib, bosh qomus asosida davlat rahbarining hokimiyat tarmoqlari tizimidagi muhim vazifalari ko‘rsatib beriladi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat boshlig‘i bo‘lib, davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishi va hamkorligini ta’minlaydi. Bunda Prezident Vazirlar Mahkamasi rahbari Bosh vazirning nomzodini taqdim etishi, hukumat a’zolarini lavozimga tayinlashda uning parlament palatalari bilan bo‘ladigan o‘zaro aloqalari, shuningdek, yangi tartibga ko‘ra vazirliklar huzurida tashkil etiladigan qo‘mita va agentliklar hamda boshqa davlat boshqaruvi organlarining rahbarlarini tayinlashi kabi muhim tashkiliy-huquqiy masalalar ahamiyati ko‘rsatilgan. Shuningdek, maqolada xorijiy mamlakatlarda hukumatning davlat rahbari va parlament yuqori palatasi tomonidan hamkorlikda shakllantirilishiga oid konstitutsiyaviy tartiblar keltirib o‘tilgan.
Kalit so'zlar
Prezident, Vazirlar Mahkamasi, hukumat, vazir, qo‘mita, agentlik, inspeksiya, davlat boshqaruvi, konstitutsiya, parlament, Senat, Qonunchilik palatasi, javobgarlik, hisobdorlik, parlament tekshiruvi, tayinlash.