Yuridik fanlar axborotnomasi 4 / 2021

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Shodmonov Mirzohid Muxtor o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti

Annotatsiya
Mamlakatimizda siyosiy partiyalar faoliyatini rivojlantirish va davlat va jamiyat hayotida ularning rolini kuchaytirish uchun qonunchiligimizga kiritilayotgan har bir o‘zgartirishlar siyosiy partiyalarning jamiyat hayotida muhim rol o‘ynashi va erkin faoliyat yuritishini ko‘zlab amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish ustuvor

Boymurodov Botir Panji о‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti katta о‘qituvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada norma ijodkorligi tushunchasi, uning huquq ijodkorligidan farqli xususiyatlari, shuningdek, norma ijodkorligi jarayonida fuqarolar ishtirokining nazariy asoslari tahlil qilingan. Bundan tashqari, amaldagi qonunchilikda belgilangan huquqiy normalar asosida fuqarolarning norma ijodkorligi jarayonida ishtirok etishi bilan bog‘liq mavjud holatga huquqiy baho berilgan…

Po'latov Mirzohid Qo'zimurodovich

TDYU mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, insonlarning sog‘ligi va tabiiy muhitning ifloslanishi, suv taqchilligi, tuproq unumdorligining pasayishi, ozon qatlamining yemirilishi, atmosfera havosi o‘rtacha haroratining ko‘tarilishi, inson hayoti va sog‘lig‘i bilan bog‘liq masalalar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Ushbu tahlillar natijasida ekologiya va atrof-muhitga oid qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar berilgan…

Usmanov Otabek Odilbek Ugli

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati boshqarma boshlig‘i, Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqola jamoatchilik nazoratining zamonaviy raqamlashtirilgan shakllarini joriy etish, elektronlashtirish, milliy tajribada jamoatchilik nazoratining o‘ziga xos jihatlari, elektron jamoatchilik nazorati va ularning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan. Maqolada jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish hamda takomillashtirish usullari, jamoatchilik nazorati…

Isaqulov Shuhrat Norqovulovich

“Silk Road” UNWTO vakolatxonasining О‘zbekistondagi maslahatchisi, iqtisod fanlari nomzodi

Achilova Liliya Ilhomovna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi dotsenti v.b., yuridik fanlar bо‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Maqolada muallif global miqyosda va yurtimizda turizm va migratsiyaning joriy holati, sо‘nggi yillarda mazkur sohalarning rivojlanish tendensiyasi haqida sо‘z yuritgan. Turizm sohasi bilan birgalikda migratsiya, shu jumladan, mehnat migratsiyasini huquqiy tartibga solishning ahamiyati, mazkur sohalarda yagona huquqiy baza hamda yagona huquqni qо‘llash amaliyotini shakllantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan. Turizm va migratsiya sohalarining istiqboldagi rivoji uchun qanday ishlarni amalga oshirish lozimligi yuzasidan fikr-mulohazalar bayon etilgan…

Imomov Nurillo Fayzullayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri, yuridik fanlar doktori, professor

Annotatsiya
Yuridik shaxsning javobgarligi bilan bog‘liq masalalar, bunda mavjud bо‘lgan muammoli va yechimini topishi lozim bо‘lgan konseptual jihatlar, uzoq vaqtdan buyon davom etib kelayotgan munozarali savollar zamoniy voqeliklar, mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-huquqiy islohotlar negizida rivojlangan bozor qonuniyatlaridan kelib chiqib tahlil etilishi dolzarbdir. Sodda qilib aytganda, yuridik shaxsning javobgarligi uning о‘z majburiyatlari uchun о‘ziga tegishli bо‘lgan mol-mulk bilan javob berishini anglatadi. Bunda yuridik shaxs zimmasidagi majburiyatlarni bajarmaganligi uchun о‘zining mulkida mavjud bо‘lgan mol-mulk bilan javob beradi. Biroq bu sodda konstruksiya har doim yuridik shaxsning javobgarligi uchun yetarli bо‘lmaydi….

Egamberdiyev Eduard Xajibayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik huquqi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Maqolada virtual dunyo va undagi obyektlarning huquqiy holatini aniqlash muammolari tahlil qilingan. Shuningdek, virtual mulk nazariyasi o‘rganilib, virtual dunyoda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solish uchun mulk va intellektual mulk huquqlari o‘rtasidagi munosabatlar ochib berilgan. Muallif o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar asosida intellektual mulk me’yorlaridan foydalanib, virtual dunyoga kirish uchun kompyuter kodlarini yaratish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish zarurligi to‘g‘risidagi taklifni ilgari suradi, chunki bu jarayonda inson ijod qiladi va virtual dunyo obyektlariga egalik munosabatlarida mulk huquqi normalaridan foydalanish – domen nomlari,….

Ibrohimov Azimjon Abdumо‘min о‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik huquqi” kafedrasi о‘qituvchisi

Annotatsiya
Hozirda mamlakatimiz fuqarolik huquqini takomillashtirishga oid keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Buni korporativ huquqiy munosabatlarga oid qoidalarda ham kо‘rish mumkin. Jumladan, yuridik shaxs faoliyatiga daxldor о‘zgarishlardan biri yuridik shaxs boshqaruvchilarining fidusiar majburiyatlariga oid. Korporativ huquqda yuridik shaxsning boshqaruv organlarining fidusiar majburiyatlari markaziy masalalardan hisoblanadi. Yuridik shaxsni tо‘g‘ri va samarali boshqarish kо‘p jihatdan boshqaruv organlarining fidusiar majburiyatlari qay darajada tartibga solingani va ularga rioya etilishi bilan belgilanadi….

Jurayeva Asal Baхtiyevna

Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi

Wang Chaoen

Sian transport universiteti professori

Annotatsiya
Ushbu maqola Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (keyingi o‘rinlarda MDH deb yuritiladi) a’zo davlatlar xalqaro tijorat arbitrajlarida yuzaga keladigan huquqni tanlash yondashuvlari (voie directe va voie indirecte) masalalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada huquqni tanlash masalasini ko‘rib chiqish uchun ko‘p bosqichli tadqiqot metodologiyasidan foydalanilgan…

Pirmatov Otabek Shavkatovich

TDYU “Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi” kafedrasi dotsenti v.b., yuridik fanlar bо‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Mazkur maqolada mamlakatimizda sud majlislarini videokonferensaloqa rejimi bilan birgalikda onlayn tartibda amalga oshirish tartibini joriy etish masalalari yoritilgan. Onlayn sud majlislari Covid-19 pandemiyasi sharoitida fuqarolarimizdan uydan turgan holda, о‘z huquq va manfaatlarini himoya qilishi, taraflar sud majlisida о‘z uyidan, ish joyidan turib ishtirok etishi mumkinligi ta’kidlangan…

Uzakova Gо‘zal Sharipovna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Ekologiya huquqi” kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent,

Annotatsiya
Shaharsozlik sohasida ekologik talablarga rioya etish masalalari huquqiy fanlarning ham о‘rga­nish obyekti bо‘lib, bunday talab va me’yorlarni belgilashdan asosiy maqsad fuqarolar uchun qulay yashash sharoitini ta’minlashdan iboratdir. Shaharlar atrof-muhitini huquqiy muhofaza qilish masalalari BMTning Inson atrof-muhiti masalalari bо‘yicha Stokgolm konferensiyasi (1972-yil), BMTning uy-joy va barqaror shahar rivojlanishi bо‘yicha Xabitat III konferensiyasida (2016-yil 17–20-oktabr, Kito, Ekvador) kо‘rib chiqilgan bо‘lib, Xabitat III konferensiyasi doirasida yangi shaharsozlik dasturi qabul qilindi…

Bakayev Shaxriyor Baxtiyorovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada Ma’muriy sud ishlarini yuritish tо‘g‘risidagi kodeks normalari tahlili asosida ma’muriy sud ish yurituvi tushunchasiga mualliflik ta’rifi berilgan. Shuningdek, bu borada amalga oshirilgan islohotlar, huquqshunos olimlar qarashlari hamda ma’muriy sud ish yurituvi mazmunidan kelib chiqib, mazkur huquqiy institutning о‘ziga xos xususiyatlari va tashkiliy-huquqiy asoslari sanab о‘tilgan…

Sagdullayev Fathulla Shukurullayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish jinoyati tarkibining asosiy belgisi sifatida ushbu qilmishning obyekti tahlil qilingan. Bunda mazkur jinoyatning boshqa mansabdorlik jinoyatlari qatorida umumiy, turdosh va maxsus obyektlari hamda ushbu jinoyatning о‘ziga xos jihati sifatida bevosita asosiy va bevosita qо‘shimcha obyektlari yuzasidan mualliflik xulosalari berilgan. Shuningdek, ushbu jinoyatning bevosita asosiy va bevosita qо‘shimcha obyektlari raqobati yuzasidan fikrlar bildirilgan.

Najimov Miratdiyin Shamshetdinovich

Qoraqalpoq davlat universiteti “Jinoiy-huquqiy va fuqarolik-huquqiy fanlar” kafedrasi mudiri

Annotatsiya
Maqolada о‘n olti yoshga tо‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish jinoyati tushunchasi va ahamiyati, ushbu turdagi jinoyat uchun javobgarlik hamda О‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligida javobgarlikni takomillashtirish masalalari о‘rganilgan. Bundan tashqari, jinoyat tarkibi о‘ziga xos jinoyat nusxasi bо‘lib, о‘zida barcha jinoyat alomatlarini mujassamlashtirgan va shu alomat shaxs tomonidan sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishda mavjud ekanligi jinoyat deb hisoblashga asos bо‘ladi. Uyatsiz-buzuq harakatlar deganda, о‘zida shahvoniy xususiyatga ega har qanday harakatlarni sodir etish tushunilishi ta’kidlanadi…

Djalilov Furkat Zakirovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada davlat xizmatchisining mulkiy manfaatdorligi bilan bog‘liq jinoyatlarning obyekti yuzasidan ayrim mulohazalar atroflicha о‘rganilib, tahlil qilingan. Davlat xizmatchisining mulkiy manfaatdorligi bilan bog‘liq jinoyatlarning maxsus obyektiga davlat mexanizmining normal faoliyatini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar sifatida qaralishi lozim…

Xamitov Bauyrjan Nurabayuli

Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qilish organlari akademiyasi doktoranti, adliya kichik maslahatchisi

Annotatsiya
Qozog‘istonda zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida jinoiy elementlar firmalar va korxonalarning reyderlarini olib qo‘yish mexanizmidan faol foydalanmoqda. Davlat tomonidan reydlarga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tufayli uning salbiy oqibatlari mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti va xavfsizligi sur’atlarida o‘z aksini topmoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi jahon tajribasini hisobga olgan holda, reydlarga qarshi kurashishning nazariy va amaliy jihatlarini aniqlash, umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek, jinoyat-huquqiy va kriminologik choralarni qo‘llash samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat…

Abdullayev Rustam Qahramonovich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Kriminalistika va sud ekspertizasi” kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Maqolada hodisa joyini kо‘zdan kechirishning kriminalistik ta’minoti tizimining asosiy elementlaridan biri hisoblangan amaliy faoliyatning tarkibiy qismlari – tashkiliy va texnologik tarkibiy qismlarning mohiyati, hodisa joyini kо‘zdan kechirishda aniqlangan izlar va kо‘rilayotgan hodisa uchun ahamiyatga ega bо‘lgan boshqa moddiy obyektlarning tо‘liqligi, о‘z vaqtidaligi, ishonchliligi nuqtayi nazaridan baholash va nazorat qilish masalalari о‘rganilgan…

Ildebayev Rizabek Yermagambetovich

Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qilish organlari akademiyasi doktoranti, politsiya kapitani

Annotatsiya
Mazkur tadqiqotning maqsadi ta’lim faoliyati sohasida hujjatlarni qalbakilashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishning keyingi bosqichining nazariy va amaliy jihatlarini aniqlash, umumlashtirish va tahlil qilishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish quyidagi vazifalarni bosqichma-bosqich hal etish orqali ta’minlandi: qonunchilik va tergov amaliyoti evolyutsiyasi sharoitida hujjatlarni qalbakilashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish xususiyatlarini o‘rganish, ta’lim faoliyati sohasida, shu jumladan, xorijda hujjatlarni qalbakilashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishning bugungi holatiga baho berish, keyingi bosqichda ta’lim faoliyati sohasida qalbakilashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash…

Saxatova Samal Erbolatovna

Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qilish organlari akademiyasi doktoranti, 1-darajali yurist

Annotatsiya
Hozirda bulling butun dunyodagi maktablarda eng keng tarqalgan hodisalardan biridir. Bugungi kunga kelib, ilm-fan sohasida maktabni ta’qib qilishning yagona ta’rifi yo‘q. Maqolada muallif bir nechta umumiy ilmiy fikrlarni ko‘rib chiqadi. Bu esa umumiy aloqa nuqtalarini aniqlaydi. Bu ta’qiblarning turlariga e’tibor qaratadi, shuningdek, bulling ishtirokchilariga tasnif beradi. Bundan tashqari, muallif “bulling” ta’rifini sharhlaydi, ta’qibning oqibatlari haqida fikr yuritadi. Salbiy oqibatlarga ijtimoiy moslashuvning buzilishi, jabrlanganlarda depressiyani keltirib chiqaradigan yuqori darajadagi tashvish, shuningdek, tajovuzkorda jazosiz qolish hissi kiradi…

Amanbayeva Altinay Galimjanovna

Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qilish organlari akademiyasi doktoranti

Annotatsiya
Maqola voyaga yetmaganlarning jinsiy yaxlitligiga qarshi jinoyatlarni tergov qilishning kriminalistik usullarining zamonaviy yо‘nalishlariga bag‘ishlangan. Statistik ma’lumotlarga kо‘ra, ushbu jinoyatlarning aksariyati uyda va yaqin hamkorlardan bо‘lgan odamlar tomonidan sodir etilgan. Muallif voyaga yetmaganlarning jinsiy yaxlitligiga qarshi jinoyatlarni tergov qilishning murakkabligi sabablarini о‘rganadi. Jinoyatlarni tergov qilish kriminalistik usullarining “tabiiy qarishi” tufayli voyaga yetmaganlarning jinsiy yaxlitligiga qarshi jinoyatlarning о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, yangi zamonaviy yо‘nalishlarni shakllantirish va rivojlantirish talab etiladi…

Musayev Jamaliddin Kamalovich

Bojxona institutining “Maxsus-huquqiy fanlar” kafedrasi dotsenti

Annotatsiya
Muallif mazkur maqolada giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi sohasida davlatlar о‘rtasidagi xalqaro hamkorlik muammosini о‘rgangan. Ushbu muammo bilan bog‘liq turli yillarda imzolangan asosiy konvensiyalarga havolalar berilgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan jinoyatchilikka qarshi kurashishning umumiy tamoyillari kо‘rib chiqilgan. Jinoyatchilikka qarshi kurashishning tarixiy tajribasi tahlil qilingan. Transmilliy uyushgan jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashishda BMTning jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlarga qarshi kurashish bо‘yicha kongresslari о‘rganilgan…

Egamberdiyev Dilshod Alisherovich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi katta о‘qituvchisi

Annotatsiya
О‘tgan asrning boshlarida xalqaro tergov komissiyalari dastlab davlatlar tomonidan xalqaro nizolarni tinch yо‘l bilan hal etishga kо‘maklashish maqsadida tuzila boshlangan. Xalqaro hamjamiyatda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil etilgandan sо‘ng xalqaro tergov komissiyalari xalqaro maydonda inqirozli vaziyatlarni tekshirish, xalqaro huquq doirasida buzilgan holatlar haqida tо‘liq xabardor bо‘lish va aybdorlarning aybdorlik masalalarini hal qilish maqsadida tuzib kelinmoqda…

Qo‘chqorov Zafarjon Qayumjon o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Аkademiyasi mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilmoqda. Davlat tomonidan korrupsiyaga qarshi yo‘naltirilgan barcha islohotlar fuqarolarning huquq va manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilmoqda…

Gulyamova Gulnora Yakubovna

Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi

Annotatsiya
Mazkur maqolada О‘zbekiston ta’lim tizimida til о‘rganishning ahamiyati, til taraqqiyoti jamiyat va millat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqligi, о‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi, har qanday hujjatning sifati kommunikativ va adabiy savodxonlikka bog‘liqligi, о‘zbek yuridik tilining ba’zi muammolari, tarjimachilik, tezaurus kabilar xususida fikr yuritiladi…