Yuridik fanlar axborotnomasi 1 / 2021

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Ayupova Zaura Karimovna

Qozog‘iston milliy agrar universiteti “Huquq” kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Kusainov Daurenbek Umirbekovich

Abay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universiteti “Siyosatshunoslik va ijtimoiy-falsafiy fanlar” kafedrasi falsafa fanlari doktori, professor

Annotatsiya
Ushbu maqolada Markaziy Osiyo mintaqasi davlat doktrinasi va amaliyotida huquqiy davlat konsepsiyasi o‘rganildi. Huquqiy davlat va beshta suveren respublikalarning huquqiy tizimini shakllantirish, bu jarayonda jahon tajribasini hisobga olish, axloq, iqtisod, davlat, siyosat va ijtimoiy hayotning boshqa tomonlari bilan huquqiy munosabatlar tahlil qilindi…

G‘afurov Asqar Boyisovich

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi sud’yasi yuridik fanlar nomzodi, dosent

Annotatsiya
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida konstitusiyaviy nazorat institutining shakllanishi va rivojlanishi tadqiq qilinadi. Konstitusiyaviy nazoratning shakllanishi va bugungi holatini tadqiq etish mavjud muammolarni tahlil qilish hamda konstitusiyaviy odil sudlovni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish imkonini beradi…

Xujanazarov Azizjon Anvarovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Bugungi kunda turli sohalardagi muammolarga tezkorlik bilan yechim topish va shunday yechimlardan biri sifatida normativ-huquqiy hujjatlar yaratish davr talabidir. Norma ijodkorligi faoliyatining mahsuli hisoblangan normativ-huquqiy hujjatlar va ularni yaratish, o‘z navbatida, mamlakatimizda amalga oshirilayogan islohotlar, qonunchilik holati va huquqni qo‘llash amaliyotiga muvofiqligi hamda jamoatchilik fikri ustuvor masalalardan hisoblanadi…

Burxanova Leyla Mariusovna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik huquqi” kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya
Maqolada o‘qituvchining talabalar bilan doimiy va faol o‘zaro ta’siri sharoitida amalga oshiriladigan ta’lim jarayoni sifatida interfaol ta’limning mohiyati ko‘rib chiqiladi. Talabalarning fikrlashini faollashtirish maqsadida o‘qitishning interaktiv usullarining xususiyatlari aniqlanadi; talabalarning uzoq muddatli faoliyati; hukm mustaqilligi; ularning o‘zaro, shuningdek, o‘qituvchi bilan doimiy aloqasi haqida fikr yuritiladi…

Usmonova Munisxon Yo‘ldosh qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Yuridik shaxsning javobgarligi bilan bog‘liq masalalar, bunda mavjud bо‘lgan muammoli va yechimini topishi lozim bо‘lgan konseptual jihatlar, uzoq vaqtdan buyon davom etib kelayotgan munozarali savollar zamoniy voqeliklar, mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-huquqiy islohotlar negizida rivojlangan bozor qonuniyatlaridan kelib chiqib tahlil etilishi dolzarbdir. Sodda qilib aytganda, yuridik shaxsning javobgarligi uning о‘z majburiyatlari uchun о‘ziga tegishli bо‘lgan mol-mulk bilan javob berishini anglatadi. Bunda yuridik shaxs zimmasidagi majburiyatlarni bajarmaganligi uchun о‘zining mulkida mavjud bо‘lgan mol-mulk bilan javob beradi. Biroq bu sodda konstruksiya har doim yuridik shaxsning javobgarligi uchun yetarli bо‘lmaydi….

Karimova Madina Mirzadjanovna

Toshkent davlat yuridik universiteti uslubchisi

Annotatsiya
Maqola bir qancha rivojlangan roman-german (kontinental) va anglosakson huquq oilalari davlatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi notariat institutining qiyosiy-huquqiy tahliliga bag‘ishlangan…

Uzakova Go‘zal Sharipovna

Toshkent davlat yuridik universiteti, “Ekologiya huquqi” kafedrasi mudiri,
yuridik fanlar nomzodi, dosent

Annotatsiya
Maqolada aholi punkti tushunchasi ilmiy-nazariy tavsiflar va amaldagi qonun hujjatlari asosida ochib berilgan. Muallif aholi punktlarini turlarga bo‘lishda o‘zining mustaqil yondashuvini ishlab chiqqan…

Djoldasova Saxipjamal Djalgasovna

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi mustaqil tadqiqotchisi,
yuridik fanlar nomzodi, dosent

Annotatsiya
Migratsiya jarayoni jahon mamlakatlari rivojlanishi hamda inson manfaatlariga ta’sir qiluvchi mukammal va ko‘p qirrali hodisadir. Bir tomondan, migratsiya Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan barqaror rivojlanish maqsadlarining biri sifatida olib qaraladigan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, migratsiyani qabul qiluvchi rivojlangan davlatlar uchun noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikni jilovlash kabi muammolarni bartaraf etish masalalarining dolzarbligini oshiradi…

Ibrohimova Zulxumor Solix qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti

Annotatsiya
Mazkur maqolada islom huquqida oila va oilaviy munosabatlarga qarshi jinoyatlar masalalari batafsil ko‘rib chiqilgan. Xususan, muallif tomonidan huquqiy, dunyoviy, demokratik va ijtimoiy yo‘naltirilgan davlat sifatida O‘zbekiston mohiyatan diniy mamlakat emasligiga qaramay, bu yerda hozirgi paytda an’anaviy jahon dinlarining deyarli butun spektri mavjudligi qayd etiladi…

Akramova Muazzam Turdiqul qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti

Annotatsiya
Tadqiqot ob’ektini O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bilan tartibga solinadigan, amnistiya asosida javobgarlikdan ozod qilish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. Tadqiqot predmetiga Jinoyat kodeksining amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilishning huquqiy asoslarini tashkil qiluvchi normalari, normativ-huquqiy hujjatlar va ushbu masalaga oid nazariy asoslarni belgilab beruvchi ilmiy asarlar kiradi…

Ruzmetov Botirjon Xayitbaevich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi, kriminologiya va
korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi katta o‘qituvchisi, yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya
Maqolada tergov harakatlari institutining zamonaviy tushunchasi, mohiyati va xususiyatlari masalalari ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasida butun normativ-huquqiy bazani isloh qilishga asos bo‘luvchi jinoyat jarayonida tergov harakatlari institutining mohiyati hamda mamlakat sud-huquq tizimini modernizasiyalash va erkinlashtirish nazariyasini o‘rganishning metodologik asoslari ko‘rib chiqilgan…

Azimov Xakimali Imomovich

Toshkent davlat yuridik universiteti dosenti, tarix fanlari nomzodi

Annotatsiya
Yurtimizda Sharq Uyg‘onish davri madaniyati, ma’naviyatini o‘rganish, buyuk daholarimizning boy madaniy va ma’naviy merosini yosh avlodlarga yetkazish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Insoniyat bosib o‘tgan uzoq tarixiy taraqqiyot davrlariga nazar tashlar ekanmiz, biror jamiyat, davlatning ilm-fan, ma’rifat, ezgu g‘oyalar va mafkurasiz rivojlana olmasligini hayotning o‘zi tasdiqlab kelayotganining guvohi bo‘lamiz…