XORIJIY MAMLAKATLARDA YER TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARINING IJROSI USTIDAN PROKUROR NAZORATI AHVOLI

Abduxakimov Murodullo Togʻayevich

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshligʻi, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada xorijiy mamlakatlarda yer fondining taqsimlanishi, ayrim rivojlangan xorijiy mamlakatlar va MDH davlatlarida yer munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solishning umumiy masalalari, AQSh, Yevropa hamda MDH davlatlarida yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish boʻyicha turli yondashuvlar, xorijiy mamlakatlarda yer toʻgʻrisidagi qonunlar ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga prokuratura organlarining aloqadorligi masalalari, yer nazoratini amalga oshirish maqsadida tashkil qilingan prokuratura organlarining tuzilmalari hamda ularning vazifa va funksiyalari koʻrib chiqilgan. Shuningdek, tadqiq qilinayotgan masala boʻyicha statistik maʼlumotlar, xorijiy mamlakatlarda prokuratura organlarining jinoiy taʼqib va ayblov idorasi yoki qonunchilik ustidan nazorat olib boradigan organ sifatidagi turlarga boʻlinishi, bu boʻyicha tadqiqotchi olimlarning ilmiy qarashlari hamda mutaxassislar fikrlari, bahs-munozaralari ham keng yoritilib, tahlil qilinayotgan mavzuning nazariy jihatlariga ham eʼtibor qaratilgan. Bundan tashqari, maqolada yer munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solish bilan bogʻliq ilgʻor xorijiy tajribalar asosida Oʻzbekiston Respublikasida qonun hujjatlarini takomillashtirish bilan bogʻliq takliflar hamda muallifning ushbu mavzuga aloqador shaxsiy xulosalari ham oʻrin olgan.
Kalit so'zlar
prokuratura, prokuror nazorati, yer, yer islohoti, qishloq xoʻjaligi yerlari, sugʻoriladigan yer, xorijiy mamlakatlar, fuqarolik huquqiy munosabat, yerlardan noqonuniy va oʻzboshimchalik bilan foydalanish, javobgarlik.