MUHOFAZA ZONALARI HUDUDIDAGI YER UCHASTKALARIDAN FOYDALANISHNING HUQUQIY TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH
Kalit so‘zlar:
yer qonunchiligi, ekologik xavfsizlik, huquqiy tartib, yer uchastkalari, muhofaza zonalari, suvni muhofaza qilish zonasi, sohilbo‘yi hududi, noruda materiallar, xorij tajribasiAnnotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida muhofaza zonalari hududlarida yer uchastkalaridan foydalanishni huquqiy tartibga solishning nazariy va amaliy jihatlari tizimli yoritilgan. Tadqiqotda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar majmuasi, ularning o‘zaro muvofiqligi hamda huquqni qo‘llash amaliyotidagi muammolar chuqur tahlil qilingan. Xususan, muhofaza zonalarining huquqiy maqomi, tashkil etishdan ko‘zlangan maqsadlar, chegaralarni belgilash tartibi va foydalanishdagi cheklovlar Yer kodeksi, Shaharsozlik kodeksi hamda sohaga oid maxsus qonunlar asosida izohlangan. Shuningdek, suv havzalari va sohilbo‘yi hududlarida noruda materiallarning noqonuniy qazib olinishi ekologik xavfsizlik va yer resurslariga jiddiy tahdid sifatida baholanadi. Davlat organlari faoliyatida nazorat va monitoring mexanizmlari samaradorligining pastligi sohadagi asosiy muammo sifatida ko‘rsatilib, huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish hamda javobgarlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ilgari surilgan. Taklif etilgan yondashuvlar yer resurslaridan barqaror foydalanishni ta’minlash va boshqaruv organlari o‘rtasida axborot almashinuvini raqamlashtirishga qaratilgan. Tadqiqot natijalari amaliyotchi yuristlar, davlat xizmatchilari va tadqiqotchilar uchun metodik manba bo‘lib xizmat qiladi.