AKTIVLARNI QAYTARISH VA KORRUPSIYANI IDROK QILISH INDEKSI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK: YAPONIYA TAJRIBASI HAMDA O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH IMKONIYATI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

CPI, aktivlarni qaytarish, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi, sud hukmisiz musodara qilish, moliyaviy razvedka, JAFIC, xalqaro hamkorlik, restitutsiya

Annotatsiya

Ushbu maqolada noqonuniy aktivlarni qaytarish va mamlakatning Korrupsiyani idrok qilish indeksi (CPI) o‘rtasidagi bog‘liqlik tadqiq qilingan. Unda Yaponiya va O‘zbekistonning 2022–2024-yillardagi huquqiy asoslari va tajribalari taqqoslangan. Shu bois tadqiqot Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi talablariga muvofiq noqonuniy aktivlarni kuzatish, muzlatish, musodara qilish va qaytarish uchun mavjud bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, institutsional salohiyat va huquqiy vositalarga qaratilgan. Metodologik jihatdan tadqiqot qiyosiy tahlil, xalqaro huquqiy hujjatlar va amaliyot tahlili, shuningdek, qiyosiy-huquqiy tadqiqot usullarini birlashtiradi. O‘zbekistonga nisbatan yuqori Korrupsiyani qabul qilish indeksi ko‘rsatkichiga ega Yaponiya bu yutug‘iga kuchli qonun ustuvorligi, markazlashtirilgan Moliyaviy razvedka idorasi (JAFIC) mavjudligi  va jabrlanuvchilarga kompensatsiya to‘lash tizimlari tufayli erishgan. O‘zbekistonda 2016-yildan buyon ijobiy islohotlar tendensiyasi kuzatilmoqda, jumladan, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi bilan hamkorlik qilinmoqda hamda Shveysariya bilan restitutsiya bitimi tuzilgan. Biroq aktivlarni qaytarish bo‘yicha ixtisoslashgan organning (moliyaviy razvedka idorasi) yo‘qligi, noqonuniy aktivlarni qaytarish bo‘yicha huquqiy bazaning tarqoqligi va ushbu sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirishga bo‘lgan o‘tkir ehtiyoj kabi muammolar saqlanib qolmoqda. Shularni inobatga olgan holda, ushbu tadqiqotda O‘zbekistonning aktivlarni qaytarish tizimini takomillashtirish va uning shaffofligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Ushbu maqola qonun ijodkorligi jarayoni uchun ham, aktivlarni qaytarishni o‘qitish va o‘rganish hamda mamlakatni tahlil qilishning keng qamrovli tizimlari uchun ham foydali bo‘lishi mumkin.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-27