INSON EKOLOGIK HUQUQLARINI TA’MINLASHNING XALQARO HUQUQIY JIHATLARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

ekologik monitoring, implementatsiya, biologik xilma-xillik, yagona ekologik axborot portali, ekologik ekspertiza, Yevropa Ittifoqi ekologik direktivalari, institutsional muvofiqlashtirish

Annotatsiya

Ushbu maqolada jadal surʼatlarda yomonlashib borayotgan va barcha davlatlarning ayni damdagi eng dolzarb muammolaridan biriga aylangan ekologiya masalasi atroflicha koʻrib chiqiladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro ekologik huquq normalarini milliy qonunchilik tizimiga implementatsiya qilish jarayoni har tomonlama tahlil qilinadi. Maqolada xalqaro ekologik huquqni milliy qonunchilik tizimiga implementatsiya qilishning nazariy-huquqiy asoslari, mexanizmlari hamda amaliy muammolari oʻrganilgan. Xususan, milliy huquq tizimida xalqaro ekologik majburiyatlarning aks etishi, ularni muvofiqlashtirishning institutsional va normativ jihatlari, shuningdek, ularning barqaror rivojlanish tamoyillari bilan oʻzaro bogʻliqligi yoritilgan. Tahlil davomida ushbu soha boʻyicha milliy qonunchilikdagi boʻshliqlar, institutsional muvofiqlashtirishning sustligi, iqtisodiy mexanizmlarning samarador emasligi, xalqaro konvensiyalarni amalga oshirish mexanizmlaridagi kamchiliklar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida kadrlar salohiyatining yetarli emasligi kabi muammolar solishtirma-huquqiy tahlil asosida oʻrganilgan. Bundan tashqari, xorij tajribasi asosida implementatsiya jarayonini kuchaytirish boʻyicha nazariy tavsiyalar berilgan. Jumladan, qator mamlakatlarning ekologik qonunchilik normalarini qonunlarimizga toʻgʻri tatbiq qilish va moslashtirish zarurligi qayd etilgan.Tadqiqotda milliy ekologik siyosat samaradorligini oshirish, ekologik xavfsizlikni taʼminlash hamda xalqaro majburiyatlarni toʻliq bajarishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. 

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-27