YANGI FUQAROLIK KODEKSIDA “FARQLASH QOBILIYATI”NI MUSTAHKAMLASH ZARURIYATI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

muomala layoqati, farqlash qobiliyati, kichik yoshdagi bolalar, toʻla hajmdagi muomala layoqati, ruhiy kasalliklarga chalingan shaxslar, aqli zaiflik, alkogol yoki giyohvand moddalarni suiiste’mol qilish

Annotatsiya

Maqolada fuqarolik huquqining subyekti sifatida fuqaro muomala layoqatining farqlash qobiliyati bilan bogʻliqligi yuzasidan izlanishlar olib borilgan. Muallif fuqaro muomala layoqatiga ega boʻlishining muhim shartlaridan biri uning oʻz harakatlari ahamiyatini anglash va ularni boshqara olish qobiliyati (farqlay olish qobiliyati)ga ega boʻlishi ekanini, jismoniy shaxslar fuqarolik-huquqiy munosabatlarda oʻz harakatlarining mazmunini tushungan, boshqargan va ularning ahamiyatini farqlagan holda qatnashishishini ta’kidlagan. Shuningdek, fuqarolarning muomala layoqatiga ega boʻlishida farqlash qobiliyatini  inkor qiladigan bir necha holatlarni ajratib koʻrsatgan. Tadqiqotda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Fuqarolik kodeksida aynan mana shu farqlash qobiliyati haqida aniq norma belgilanmagani aniqlanib, bu masala  chet mamlakatlar fuqarolik qonunchiligida qanday aks etganini ko‘rib chiqilgan. Fuqarolarning muomala layoqatini oʻzida mustahkamlagan fuqarolik qonun hujjatlari normalari, milliy va chet el sivilist olimlarining ilmiy-nazariy asarlari va  xulosalari qiyosiy huquqshunoslik, tahlil, induksiya hamda deduksiya metodlari asosida o‘rganilgan. Muallif xulosada yangi Fuqarolik kodeksida muomala layoqati baholanayotgan barcha shaxslar tavsiflari aniq belgilab qoʻyilishi,  farqlash qobiliyati nima uchun qonunchilikda mustahkamlanishi kerakligini ilmiy asoslab, o‘z takliflarini ilgari surgan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-27