MAʼMURIY HUQUQBUZARLIK TO‘G‘RISIDAGI ISHLARNI KO‘RIB CHIQISHDA MAʼMURIY OGOHLANTIRISH JAZOSINI QO‘LLASH ISTIQBOLLARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

jazo, huquqiy taʼsir choralari, yengil turdagi huquqbuzarliklar, ogohlantirish, maʼmuriy maʼmuriy jazo, ogohlantirish, maʼmuriy ogohlantirish, bojxona sohasi, bojxona tranziti

Annotatsiya

Maqola maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishda maʼmuriy ogohlantirish jazosini bojxona va boshqa organlar tomonidan qoʻllash amaliyоtidagi eng muhim masalalarga bagʻishlangan. Muallif maʼmuriy jazo, uni liberallashtirish, maʼmuriy huquqbuzarlik uchun maʼmuriy ogohlantirish jazosini qoʻllash tizimining nazariy va amaliy masalalariga toʻxtalib, sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiquvchi organ mansabdor shaxsining vakolatlarini tahlil qilgan. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksi va Qozogʻiston Respublikasi Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodekslari oʻrganilgan. Bojxona sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarga ogohlantirish jazosi qoʻllanganda sud muayyan maʼmuriy huquqbuzarlik uchun maʼmuriy jazo chorasi va turini belgilashda maʼmuriy jazoni qoʻllashning umumiy qoidalariga amal qiladi, bunda huquqbuzarning shaxsi, uning aybdorlik darajasi, mulkiy ahvoli, javobgarlikni yengillashtiruvchi hamda ogʻirlashtiruvchi holatlar hisobga olinadi. Muallif ogohlantirish jazosi faqat sud emas, maʼmuriy ishlarni koʻrib chiquvchi boshqa organlar mansabdor shaxslari tomonidan qoʻllanishi qonunchilikka kiritilsa, samarali bo‘lishini taʼkidlab, bu borada qator amaliy taklif va tavsiyalarini ilgari surgan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-27