PROFESSIONAL SPORT SOHASIDAGI MA’MURIY BOSHQARUV JARAYONLARIDA KORRUPSIYAVIY OMILLAR: MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

professional sport, ma’muriy boshqaruv, korrupsiya, korrupsiyaviy omillar, sportdagi korrupsiya, moliyaviy resurslarni taqsimlash, kadrlar tayinlovi, korrupsiyaga qarshi kurash, jamoatchilik nazorati, huquqiy baza, sport boshqaruvi samaradorligi

Annotatsiya

Ushbu maqolada professional sport sohasidagi ma’muriy boshqaruv jarayonlarida korrupsiyaviy omillarning yuzaga kelish sabablari va ularning shakllanish mexanizmlari ilmiy asosda kompleks tizimli yondashuv asosida tahlil qilingan. Tadqiqot davomida sport sohasini boshqarishda ma’muriy qarorlar qabul qilish, moliyaviy resurslarni taqsimlash, kadrlarni tanlash va lavozimga tayinlash jarayonlarida korrupsiyaga olib keluvchi asosiy omillar aniqlangan. Shu bilan birga, sport tashkilotlarining avtonomligi, nazorat hamda hisobdorlik mexanizmlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi korrupsiyaviy xavf-xatarlarning ortishiga sabab bo‘lishi ilmiy jihatdan asoslangan. Maqolada xalqaro tajriba, xususan, sport boshqaruvida samarali boshqaruv tamoyillari, shaffoflik, javobgarlik va hisobdorlikni ta’minlash mexanizmlari o‘rganilgan hamda ularni O‘zbekiston sharoitida tatbiq etish imkoniyatlari institutsional va huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot xulosasi sifatida sport sohasida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va shaffof boshqaruv tizimini joriy etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu tavsiyalar nafaqat korrupsiyaviy xavflarni kamaytirishga, balki sport sohasida samarali boshqaruvni, adolatni, halollikni va xalqaro standartlarga mos keluvchi boshqaruv tizimini ta’minlashga xizmat qiladi.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-27