KOMPENSATSIYANING FUQAROLIK-HUQUQIY TABIATIGA OID ILMIY QARASHLAR
Kalit so‘zlar:
kompensatsiya, moddiy zarar, maʼnaviy zarar, intellektual mulk, zararni qoplash, restitutiv funksiya, preventiv chora, satisfaksiya, daromadni qaytarishAnnotatsiya
Maqolada kompensatsiya institutining fuqarolik-huquqiy tabiati toʻgʻrisidagi nazariy qarashlar tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi kompensatsiya tushunchasining tarixiy genezisi, uning zamonaviy fuqarolik huquqidagi oʻrni va ahamiyatini ochib berish, shuningdek, turli ilmiy yondashuvlarni qiyosiy tahlil qilishdan iborat. Muallif qiyosiy-huquqiy tahlil, nazariy tadqiqot va huquqiy aktlarni oʻrganish metodlaridan foydalangan holda kompensatsiyaning huquqiy tabiatiga oid uch asosiy yondashuvni: majburiyatlarni tugatish vositasi, zararni qoplash mexanizmi va fuqarolik-huquqiy javobgarlik shakli sifatidagi talqinlarni koʻrib chiqqan. Maqolada moddiy zarar, maʼnaviy zarar va intellektual mulk sohasidagi kompensatsiyaning oʻziga xos xususiyatlari va huquqiy tabiati tadqiq etilgan. Nazariy tortishuvlarning sabablari – terminologik noaniqlik, funksional koʻp qirralik, metodologik yondashuvlar farqi, interdissiplinar xarakter va tarixiy relyativizm atroflicha koʻrib chiqilgan. Xalqaro tajriba, jumladan, AQSH, Yevropa Ittifoqi, Rossiya, Qozogʻiston qonunchiligi hamda sud amaliyoti tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, kompensatsiya instituti fuqarolik huquqining universal instrumenti sifatida eʼtirof etilishi lozim. Muallif milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, kompensatsiya miqdorlarini belgilashning yagona mezonlarini ishlab chiqish hamda sud amaliyotini umumlashtirish boʻyicha amaliy takliflar bergan.