INTELLEKTUАL MULK OBYEKTLАRINING BOJXONА NАZORАTIDА “PАRАLLEL IMPORT” АMАLIYOTI
Аlmosova Shahnoza Sobirovna
Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada intellektual mulk obyektlarining bojxona nazoratida kuzatiladigan “parallel import” hodisasi tushunchasiga berilgan turli ilmiy taʼriflar bilan birga uning xalqaro savdodagi ahamiyati, davlat iqtisodiy holatiga ta’siri, aholining xarid imkoniyatlarini kengaytirishi muhokama qilinib, intellektual mulk obyektlari bilan bog‘liq holatda parallel import masalalari ularning huquqiy muhofazasiga ta’sir ko‘rsatadimi-yo‘qmi, degan savollarga javob beriladi. Shu bilan bir qatorda, uni milliy qonunchilikda huquqiy tartibga solish masalalari hamda umumiy intellektual mulk huquqlari tizimidagi o‘rni muhokama qilinadi. Intellektual mulk huquqlarining tugashi (exhaustion) rejimining ahamiyati, uning xalqaro shartnomalarda aks ettirilishi, jumladan, intellektual mulk bo‘yicha xalqaro hujjatlar va JST doirasidagi TRIPS bitimida keltirilgan “parallel import”ga doir qoidalar, xalqaro, mintaqaviy va milliy huquqlar tugashi doktrinalari haqida ham batafsil ma’lumot beriladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida parallel import va huquqlar tugashi tartibi bilan bog‘liq qonunchilikdagi muammolar sud amaliyoti (case study) orqali yoritiladi. Xulosa qismida O‘zbekiston Respublikasi bojxona qonunchiligini takomillashtirish, parallel import bo‘yicha sudlar va bojxona organlari amaliyotini muvofiqlashtirish yuzasidan mulohazalar keltiriladi.
Kalit so'zlar
bojxona nazorati, TRIPS bitimi, parallel import, huquqlar tugashi tartibi, tovarlarning erkin harakati, intellektual mulk obyektlari huquqiy muhofazasi.