Yuridik fanlar axborotnomasi 2 / 2022

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Tadjibayeva Maxsuda Rustamjonovna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Annotatsiya
Insoflilik tamoyili qadimgi xalqlardan to bugungi davrga qadar dunyo xalqlarining ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishda muhim omil sifatida qo‘llanib kelingan. Insoflilik tamoyili har bir huquqiy munosabatlar uchun o‘ziga xos huquq va majburiyatlarni belgilovchi, umumiy xususiyatga ega bo‘lgan, muayyan mazmundagi xatti-harakatlar me’yorini ifodalamasa-da, turli huquqiy munosabatlar mazmunini himoya qilish va amalga oshirishni ta’minlashdagi ahamiyati katta…

Ergashev Ikrom Аbdurasulovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, dotsent, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada soliq intizomini buzganlik uchun yuridik javobgarlikning huquqiy asoslari tizimli tahlil qilingan. Hozirga qadar soliq intizomini buzganlik uchun yuridik javobgarlikning ilmiy asoslari chuqur tadqiq qilinmagan. Shu bois sohaga oid amaliyot kuzatildi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda soliq intizomini buzganlik uchun yuridik javobgarlik masalasi yetarlicha huquqiy va iqtisodiy jihatdan o‘rganilmaganligi asoslanadi. Soliq intizomini buzganlik uchun yuridik javobgarlikning nazariy jihatlarini yoritib berishga harakat qilingan…

Jo‘rayeva Asal Baxtiyevna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi

Soyipov Humoyun Husniddin o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi

Wang Chaoen

Sian transport universiteti Huquq fakulteti dotsenti, XXR

Annotatsiya
Mazkur tadqiqot ishida rivojlanayotgan mamlakatlar Jahon Savdo Tashkilotining (JST) nizolarni hal qilish organida (DSB) ishtirok etish jarayonida duch kelayotgan muammolar tahlil qilingan. Rivojlanayotgan mamlakatlar va kam rivojlangan mamlakatlar DSB cheklovlariga duch keladi va shuning uchun ushbu cheklovlarni har jihatdan o‘rganish muhim hisoblanadi…

Narzullayev Otabek Saydulla o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi IIV Аkademiyasi mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Demokratik jamiyatda yig‘inlar tashkil etish huquqi fuqarolarning asosiy siyosiy huquqlaridan biri bo‘lib, fuqarolarning demokratik boshqaruvda ishtirok etishining muhim kafolati hisoblanadi. Yig‘inlarning miting, yig‘ilish, namoyish, ko‘cha yurishi, piket, fleshmob va boshqa turlari bo‘lib, fuqarolar ularni tashkil etish orqali o‘z fikrlarini erkin namoyon etadilar. Bundan tashqari, fuqarolar ushbu tadbirlar orqali mamlakat siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotining turli masalalari bo‘yicha talab va takliflarni ilgari surishlari ham mumkin…

Nabijonov Islomjon Ikromjon o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Maqolada norma ijodkorligi jarayonida jamoatchilik kengashlarining tutgan roli tahlil etilgan. Ushbu jarayonda ularning qanchalik ta’sir etishi ko‘rsatib o‘tilgan. Jamoatchilik kengashining tarkibi, vazifalari va ularning kengashda tutgan o‘rni o‘rganilgan va amaliy misollar keltirilgan. Bugungi kunda jamoatchilik kengashlarining norma ijodkorligi jarayonida samaradorlikni oshirishda tutgan o‘rni, ular tomonidan berilgan takliflarning inobatga olinishi qay darajada ahamiyatga ega ekanligi tadqiq etilgan….

Azizov Bunyod Mavlonovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Maqolada xorijiy davlatlar tajribasi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuni asosida ma’muriy hujjatni o‘zgartirish, bekor qilish va haqiqiy emas deb topish tartib-taomillari ilmiy-nazariy tahlil qilindi. Ma’muriy hujjatni o‘zgartirish, bekor qilish yoki haqiqiy emas deb topishda qonunchilikdagi mavjud muammolar va hal qilishning dolzarb tomonlari ochib berildi…

Okyulov Omonbay

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist, Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik huquqi” kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Fuqarolik huquqlari tizimida intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlar va qonuniy manfaatlar anʼanaviy fuqarolik huquqlari bo‘lgan mulk huquqi, majburiyat huquqi, delikt majburiyatlarga nisbatan yaqinda vujudga keldi, deb aytish mumkin. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquq egalarining o‘zlari ham bu huquqlar mazmunini to‘laqonli anglab, ulardan samarali foydalanish ko‘nikmasini hali-hanuz anglab yetgani yo‘q…

Burxanova Leyla Mariusovna

Toshkent davlat yuridik universiteti «Fuqarolik huquqi» kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya
Maqolada FHDY organi tomonidan nikohdan o‘tgan shaxslar, ya’ni er-xotinning arizasiga muvofiq nikohdan ajratishga oid masalalarning oldini olish, nikohni saqlab qolishga oid profilaktik chora-tadbirlar tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi oila qonunchiligi normalarining tahlili asosida nikohni bekor qilish asoslari ushbu maqolada yoritib berilgan bo‘lib, bunda er-xotinning iltimosiga ko‘ra nikohni ma’muriy tartibda bekor qilish tartibi ko‘rib chiqiladi…

Xudaybergenov Behzod Baxtiyorovich

Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Ushbu maqolada toʻlovga qobiliyatsizlikni huquqiy tartibga solishga doir yondashuvlar oʻrganilgan. Xususan, davlat tomonidan qabul qilingan prokreditor va prodebitor rejimlari tahlil qilingan, ularning oʻziga xos xususiyatlari va farqlari bayon qilingan. Shuningdek, Oʻzbekistonning toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchiligi qaysi rejimga taalluqli boʻlishi, ushbu qonunchilik fuqarolik muomalasining qaysi ishtirokchilari manfaatlariga xizmat qilishi haqida ilmiy xulosalar berilgan…

Bahramova Mohinur Bahramovna

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Maqolada onlayn arbitrajdan foyda ko‘rish mumkin bo‘lgan turli holatlarni aniqlash uchun “past qiymat” tushunchasidan foydalanilgan. Bu sud xarajatlari bo‘lib, ular so‘ralgan huquqiy himoya vositasi da’vogarga keltirishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy foydaga mos kelmaydi. Nazariy bashoratlarga muvofiq, hozirda mavjud ODR sxemalari OArb potensiali onlayn tuzilgan iste’mol shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolardan tashqariga chiqadi, degan taxminni tasdiqladi…

Haqberdiyev Abdumurod Abdusaidovich,

Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, yuridik fanlar bо‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Mamlakatimizni modernizatsiya va isloh etish sharoitida huquqni muhofaza qiluvchi va sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini har tomonlama himoya qilishga qaratilgan. О‘tgan davr mobaynida sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish, sud mustaqilligini ta’minlash, inson va fuqaro huquq-erkinliklarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan keng kо‘lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda…

Mamayeva Makbal Nurjanovna

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada muallif hozirgi O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlarida advokatura instituti tadrijiy rivojlanishining asosiy bosqichlarini tarixiy-huquqiy pozitsiyalardan kelib chiqib ko‘rib chiqadi. Xususan, advokatura institutining evolyutsion rivojlanish bosqichlari muallif tomonidan to‘rtta bosqichga ajratilgan. Ularning har biri advokaturaning tashkiliy-funksional ta’minlanishi, ularning huquqiy maqomi va mustaqilligi asoslari nuqtai nazaridan atroflicha yoritilgan. Ilmiy ishni tayyorlash jarayonida ba’zi tarixiy-huquqiy manbalar, jumladan, “Jeti jargi”, “Sud nizomlari” va boshqalar har tomonlama o‘rganilgan…

Jumanazarova Marjona Botir qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holat sifatida oxirgi zaruratning huquqiy tabiati, o‘ziga xosliklari, chegaralari xorijiy davlatlar qonunchiligini tahlil qilish orqali o‘rganildi hamda milliy jinoyat qonunchiligini takomillashtirish masalasida bir qator takliflar ishlab chiqildi. 10 dan ortiq xorijiy ilg‘or mamlakatlarning jinoyat qonunchiligini o‘rganib chiqish orqali bir qator zarur nazariy va amaliy xulosalar qilindi. Roman-german hamda anglo-sakson huquq tizimiga kiruvchi mamlakatlar qonunchiligidagi oxirgi zarurat institutiga oid normalar tahlil qilindi va ularning o‘ziga xosliklari yoritib berildi…

Tulaganova Gulchehra Zaxitovna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat protsessual huquqi” kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Tadjibayeva Albina Yuldashbayevna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat protsessual huquqi” kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi, yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya
Inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilishda advokatning o‘rni muhimdir. Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish hozirgi kundagi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida 7 ta yo‘nalishda 100 ta maqsad belgilangan bo‘lib, ushbu maqola dolzarb masalalardan biri bo‘lgan advokaturaga bag‘ishlanadi. Maqolada inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, asosiysi, mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish asosiy yo‘nalishlardan biri ekanligi belgilangan…

Mirzayev Faxritdin Ziyatovich

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasi “Qarshilikka oid qonunlar ijrosini nazorat qilish jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish” kafedrasi katta о‘qituvchisi

Yuldoshbekov Avazbek Alisher о‘g‘li

Bosh prokuratura akademiyasi magistraturasi tinglovchisi

Annotatsiya
Mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirishni yangi bosqichga kо‘tarish, shaxsning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, jinoyat ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida advokat nufuzi va protsessual maqomini oshirish, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlash, fuqarolarning huquqni muhofaza qilish tizimiga bо‘lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar olib borilmoqda…

Toshmatov Oybek Shokirovich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Chet tillar” kafedrasi mudiri

Annotatsiya
Maqolada ingliz tilini chet tili sifatida oʻqitishda kompetensiya (malaka)ga asoslangan yondashuv orqali talabalarga chet tilini oʻrgatishning asosiy tushunchalaridan biri boʻlgan mustaqil ta’lim olishning (ta’lim avtonomiyasi) dolzarbligi masalalari yoritilgan. Ta’lim avtonomiyasini shakllantirish zarurati zamonaviy dunyo talablari, “uzluksiz ta’lim” paradigmasi, zamonaviy insonning “til oʻrganish” qobiliyati, mustaqil ta’lim olish qobiliyatini shakllantirish bilan uzviy bogʻliq. Maqolada kompetensiyaga asoslangan yondashuvning mohiyati har tomonlama koʻrib chiqilgan boʻlib, ushbu tushunchani ta’lim jarayoniga tatbiq etish bilan bogʻliq bir qator muammolar koʻrsatilgan…

Mirgiyazova Munisa Mirusmonovna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Annotatsiya
Maqolada Toshkent davlat yuridik universiteti talabalarining kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishning interfaol usullari haqida soʻz boradi. Darhaqiqat, kommunikativ kompetensiya – bu til tizimi va uning birliklari, ularning nutqda tuzilishi va faoliyati, oʻrganilayotgan tilda fikrni shakllantirish va boshqa odamlarning mulohazalarini tushunish usullari, ona tilida soʻzlashuvchilarning milliy va madaniy xususiyatlari haqidagi bilimlar majmuyi,…