Yuridik fanlar axborotnomasi 1 / 2022

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Hoshimxonov Ahrorxon Mo‘minovich

Toshkent davlat yuridik universiteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori, yuridik fanlar nomzodi, dotsent

Annotatsiya
Mazkur maqolada hukumatni shakllantirishning usullaridan biri bo‘lgan noparlamentar usul to‘g‘risida fikr yuritilib, huquqshunos mutaxassislarning ushbu yo‘nalishdagi mulohazalarini keltirish va xorijiy mamlakatlarning ijro etuvchi hokimiyat oliy organini shakllantirishga oid konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini o‘rganish asnosida uning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan…

Ergashev Ikrom Abdurasulovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, dotsent, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Mazkur maqolada soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyotini jadal rivojlantirish, investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilash hamda mazkur munosabatlarni huquqiy tartibga solish masalalari tobora global va dolzarb ahamiyat kasb etib borayotganligi yoritilgan…

Saidazimov Yusuf Sodiq o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada ma’muriy akt tushunchasi, uning o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, nazariy va amaliy izlanishlar natijasi sifatida O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuni uchun bir qancha taklif va tafsiyalar keltirilgan. Ma’muriy tartib-taomillarning davlat boshqaruv sohasidagi o‘rni va ahamiyati, ma’muriy organlar tomonidan chiqariladigan ma’muriy aktlarning belgilari, o‘ziga xosligi va ahamiyati borasida ilmiy asoslangan tahlillar keltirilgan…

Kusainova Aygul Qadirjanovna

Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi Huquqni muhofaza qiluvchi organlar akademiyasi doktoranti

Annotatsiya
Ushbu maqola Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasining soliq sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni tartibga soluvchi qonun hujjatlarining qiyosiy-huquqiy tahliliga bag‘ishlangan. Maqolada ikki mamlakatning soliqqa tortish sohasida huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun maʼmuriy javobgarlik va uning nazariyasi hamda huquq-tartibot sohasidagi hozirgi zamon muammolari haqida yaxlit fikr yuritiladi…

Ruzinazarov Shuhrat Nuraliyevich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Achilova Liliya Ilhomovna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi dotsenti v.b., yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Ushbu maqola virtual makonda inson maqomining turli xil yondashuvlari va ilmiy tushunchalarini ochib beradi. Muallif huquqiy himoya va maxsus elektron madaniyatni shakllantirish zamonaviy jamiyat hayotida sodir boʻladi, chunki bu uning qadriyatlari oʻzgarishiga taʼsir qiladi, degan fikrni ilgari suradi. Alohida tahlil mavzusi kompyuter oʻyinlari va ijtimoiy tarmoqlardagi oʻzaro taʼsir jarayonida raqamli shaxs tushunchasi boʻlib, ular hozirgi paytda virtual haqiqatga kirishning eng aniq usullaridan biri hisoblanadi…

Shinekeneva Zauresh Gazizova

Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Akademiyasi doktoranti

Annotatsiya
Maqolada imkoniyati cheklangan fuqarolar huquqlarini huquqiy himoya qilish, uning tashkiliy-huquqiy asoslari, imkoniyati cheklangan shaxslarning qadr-qimmatini hurmat qilish tamoyilini qo‘llash, nogironlikning oldini olish masalalari, bu borada davlat xizmatlari portalidan foydalanish imkoniyatlari, nogironlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya talablarini amalga oshirish tartibi, bu sohada…

Narzullayev Olim Xolmamatovich

Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti

Annotatsiya
Mazkur maqolada hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bilan bog‘liq yangi qonun hujjatlarini yangi ta’riflar asosida ishlab chiqish, normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish hamda ularni tahlil qilish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirilgan. Shuningdek, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi ekologik huquq nazariyasini yanada rivojlantirishga oid eng muhim masalalar tahlil qilindi…

Xudaykulov Feruzbek Xurramovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi dosenti v.b.,
yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Mazkur maqolada tadqiq etishning mantiqiylik, tizimlilik, mantiqiy-yuridik, qiyosiy-huquqiy metodlaridan keng foydalanilgan. Jumladan, birinchi navbatda, jinoyat tarkibi to‘g‘risidagi konsepsiyalarning shakllanishi atroflicha bayon qilingan. Shuningdek, jinoyat tarkibi to‘g‘risidagi konsepsiyalarning shakllanishida jinoyatning obyektiv tomoni belgilari asosiy o‘rinni egallaganligi va ular haqida jinoyat huquqi nazariyasida olimlar tomonidan bildirilgan fikrlar, qarashlar yoritilgan bo‘lib, undan so‘ng esa jinoyat obyektiv tomoni belgilari asosida nemis klassik jinoyat huquqi maktabida jinoyat tarkibining boshqa subyektiv belgilari ishlab chiqilganligi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari ketma-ket tavsiflab berilgan…

Boydedayev Sadirdin Abdusattorovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Maqolada dunyo mamlakatlari, shu jumladan Oʻzbekiston uchun eng dolzarb masalalardan biri boʻlgan korrupsiya tipologiyasi va shakllari, koʻrinishlari haqida soʻz boradi. Muallif taʼkidlaganidek, hozirgi kunga kelib, jamiyatda korrupsiyaga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan iqtisodiy va institutsional omillar yetarlicha oʻrganilgan…

Islomov Bunyod Ochilovich

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada Niderlandiya jinoyat qonunchiligida jazoni yengillashtiruvchi va qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlarni hisobga olish masalalari qiyosiy tahlil qilingan. Bu borada Niderlandiyaning 1881-yil 3-martda qabul qilinib, 1886-yil 1-sentabr sanasidan kuchga kirgan Jinoyat kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilinib, 1995-yil 1-aprel sanasidan kuchga kirgan…

Temirova Aizat Zhanatovna

Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Akademiyasining doktoranti,
1-darajali huquqshunos

Annotatsiya
Qozog‘iston Respublikasida oila va bolaning manfaatlarini himoya qilish konstitutsiyaviy darajada e’lon qilingan va Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida mustahkamlangan. Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining ushbu qoidasiga ko‘ra, nikoh va oila, onalik, otalik va bolalik davlat himoyasidadir…

Bazarova Dildora Baxadirovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi, professor

Annotatsiya
Maqolada jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlarini himoya qilishni ta’minlashda sun’iy intellekt va mashinalardan foydalanishni o‘rganish masalalari tahlil qilingan. Muallifning ta’kidlashicha, mashinani o‘rganish texnologiyasi va sun’iy intellekt jinoyat protsessi kontekstida allaqachon mavjud bo‘lgan inson huquqlari bo‘yicha keskinlikni kuchaytiradi va chuqurlashtiradi. Inson huquqlariga xos bo‘lgan bu muammolar shaxsiy daxlsizlik, so‘z erkinligini cheklash, ehtimoliy irqiy kamsitish haqidagi xavotirlar va jinoyat qurbonlariga hurmat bilan muomala qilish huquqlarini o‘z ichiga oladi…

Getman-Pavlova Irina Viktorovna

Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot oliy maktabi Biznesni huquqiy tartibga solish bo‘limi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi, Rossiya Federatsiyasi, Moskva

Yerpileva Nataliya Yurevna

Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot oliy maktabi Biznesni huquqiy tartibga solish bo‘limi mudiri, professor, yuridik fanlar doktori, Rossiya Federatsiyasi, Moskva

Rustambekov Islambek Rustambekovich

Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori, professor, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
2019-yilda O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi qabul qilinib, unga muvofiq, mamlakatimizda amaldagi Fuqarolik kodeksini modernizatsiya qilish jarayoni boshlandi. Bu jarayon doirasida O‘zbekistonda xalqaro xususiy huquqni isloh qilish ham amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan Fuqarolik kodeksining VI bo‘limi “Xalqaro xususiy huquq normalari (kollizion normalar)ni xususiy huquq munosabatlariga qo‘llash” loyihasi ishlab chiqildi…

Valijonov Daler Dilshodovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki tuzilmasining rahbari, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Ushbu maqolada prokuratura organlarining jinoyat ishlari, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish masalalarida o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro hamkorlik masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqola prokuratura organlarining xalqaro tashkilot mintaqaviy tarmog‘i doirasida jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi hamkorligiga bag‘ishlangan…

Miruktamova Feruza Lutfullayevna

Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Maqola voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovga doir milliy qonunchilik masalalariga bag‘ishlangan. Muallif mamlakatimizda yuvenal yustitsiyani joriy etish taklifini ilgari surib, bu borada odil sudlov tizimida bola huquqlarini ta’minlashga qaratilgan milliy normativ hujjatlarni tahlil qilgan, bolalarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirishga doir BMT xalqaro standartlaridan kelib chiqib, milliy qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar keltirgan…

Rasulmuxamedova Durdona Tolkundjanovna

Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi

Annotatsiya
Yurtimizda Sharq Uyg‘onish davri madaniyati, ma’naviyatini o‘rganish, buyuk daholarimizning boy madaniy va ma’naviy merosini yosh avlodlarga yetkazish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Insoniyat bosib o‘tgan uzoq tarixiy taraqqiyot davrlariga nazar tashlar ekanmiz, biror jamiyat, davlatning ilm-fan, ma’rifat, ezgu g‘oyalar va mafkurasiz rivojlana olmasligini hayotning o‘zi tasdiqlab kelayotganining guvohi bo‘lamiz…

Saloyeva Hilola Ravshan qizi

“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” ilmiy jurnali bosh muharriri

Annotatsiya
Tadqiqot davomida “yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha tahririyatga taqdim etilgan ilmiy maqolalarning janr-kompozitsion jihatlari o‘rganib chiqildi. Mualliflarning maqola yozish ko‘nikmalarini oshirish orqali ilmiy maqolalarning sifat ko‘rsatkichlarini ko‘tarish hamda xalqaro ma’lumotlar bazalari tarkibidagi ilmiy jurnallar talablariga mos holda rasmiylashtirib, ularda maqolalar chop etish ilmiy ishning asosiy maqsadi qilib olindi. Ilmiy maqolalar uch bosqichdan – plagiatga tekshiruv, texnik va ilmiy ekspertizadan o‘tkazildi. Har bir maqolaning janr-kompozitsion jihatlari, tizimli-semantik, sintaktik va kommunikativ-pragmatik xususiyatlari o‘rganildi…