O‘ZBEKISTONNING IKKI TOMONLAMA INVESTITSIYA SHARTNOMALARI (BIT) AMALIYOTI QISQACHA TAHLILI: INVESTOR VA DAVLAT O‘RTASIDAGI NIZOLARNI HAL QILISH

Jurayeva Asal Baxtiyevna

Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi o‘qituvchisi

Abdirahimov Islomjon Ilhomjon o‘g‘li

“Madad” NNT ijrochi direktori o‘rinbosari

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu tadqiqot maqsadi O‘zbekistonning ikki tomonlama investitsiya shartnomalari (BIT) amaliyotini ko‘rsatib berish hamda mamlakatda xorijiy investorlar huquqlarining himoyasini misollar bilan izohlashdan iborat. Ushbu maqolada O‘zbekiston BIT qoidalari va O‘zbekiston BITlari doirasida investor va davlat nizolarini hal qilish tizimi ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarning doimiy oqimini ta’minlash uchun sarmoyadorlar ishonchini mustahkamlashga yordam beradigan samarali islohotlarni o‘tkazishi kerak. Rasmiy mexanizmlarga murojaat qilishdan avval O‘zbekistonga nizolarni hal qilishning do‘stona tizimidan foydalanishni kuchaytirish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, qabul qiluvchi davlatning BIT modeli uning investitsiya siyosati va qonunchilik bazasini yanada aniq va shaffofroq tasvirlaydi. Shuning uchun O‘zbekiston o‘zining BIT modelini ishlab chiqishi kerak. Odatda O‘zbekistonga tabiiy resurslari sabab to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar (FDI) uchun jozibador joy sifatida qaraladi. Shunga qaramay, milliy qonunchilik tizimida shaffoflik va izchillik yetishmayotgani bois xorijiy investitsiyalar oqimiga ta’sir qiluvchi ba’zi to‘siqlar mavjud. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish yo‘lida keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Investitsiya qonunchiligidagi ko‘plab islohotlar tufayli mamlakatimizda investitsiya muhiti izchil mustahkamlanib bormoqda. O‘zbekiston oxir-oqibat ijtimoiy mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olgan holda shaffof va oldindan ko‘rsa bo‘ladigan investitsiya sharoitlarini ta’minlash niyatida. Maqolada O‘zbekiston BIT shartnomalari bandlarining ba’zi jihatlarini isloh qilish yuzasidan takliflar berilgan.
Kalit so'zlar
BIT, O‘zbekiston, Investitsiyalar to‘g‘risidagi qonun, investor-davlat arbitraji.